DxOMark biryo‘la ikkita yo‘nalishda rekord o‘rnatgan yangi «kamerofonlar qiroli»ni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  962
  •  02.08.2021 13:07

DxOMark biryo‘la ikkita yo‘nalishda rekord o‘rnatgan yangi «kamerofonlar qiroli»ni e’lon qildi

Xiaomi korporatsiyasi shu yil martning oxirida professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra rusumli premium-flagmanini taqdim qilgan. O‘shandayoq DxOMark laboratoriyasi bu modelni test qilib ko‘rgan va eng zo‘r kamerofon, deya e’tirof etgan edi.

O‘QING: TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Kuni kecha esa xitoylik texnogigan Huawei P50 hamda P50 Pro flagmanlarini namoyish qildi. Bulardan Pro-versiyaning kameralarini tekshirib ko‘rgan DxOMark mutaxassislari uning «kamerofonlarning yangi qiroli» ekanligini aytishdi. Buning ustiga, Huawei P50 Pro birdaniga ikkita toifada – asosiy kamera hamda selfi-sensor imkoniyatlari bo‘yicha reytinglarning tepasiga chiqib olgan!

Qizig‘i shundaki, eng zo‘r kamerofonlar TOP-beshtaligini ayni damda faqat xitoyliklar zabt etib turibdi: Huawei korporatsiyasiniig uchta va Xiaomi kompaniyasining ikkita smartfoni. Taqqoslash uchun aytib o‘tsak: Apple’ning eng zo‘r telefoni – iPhone 12 Pro Max modeli bu ro‘yxatda atigi 9-o‘rindan joy olgan!

O‘QING: Sifatli surat tushirishda iPhone 12 bilan bellasha oladigan smartfon topildi

Huawei P50 Pro bosh kamera testlarida 144 ballga loyiq ko‘rilgan, bu esa oldingi lider – Xiaomi Mi 11 Ultra superflagmanidan 1 ballga yuqori ko‘rsatkich. Huawei’ning bitta avvalgi flagmani – Mate 40 Pro+ modeliniig natijasidan esa yangisi naq 5 ballga oshib ketgan.

Mutaxassislar ushbu fotoflagman bosh kamerasining bir qator afzalliklari va ayrim kamchiliklarini sanab o‘tishgan. Ular bilan batafsil (ingliz tilida) tanishish uchun mana bu havola orqali DxOMark saytidagi tegishli sahifaga o‘tish mumkin.

O‘QING: Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

Huawei P50 Pro nafaqat bosh kamerasi, balki old kamera imkoniyatlari bo‘yicha ham shu paytgacha mazkur laboratoriyada sinab ko‘rilgan barcha smartfonlardan ustun kelgan. Eslatib o‘tamiz, selfi uchun unda 13 megapiksellik sensor hamda fokus olish masofasi 18 millimetrlik, F/2,4 diafragmali ob’yektiv qo‘llangan.

Yangi flagman selfi-kamerada foto rasmga olish bo‘yicha 112 ball, videos’yomka borasida esa 96 ball, umumiy hisobda 106 ball olgan. Ta’kidlash kerakki, selfifonlar reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ham Huawei vakillari band etgan – Mate 40 Pro (104 ball) hamda P40 Pro (103 ball).

Ikki karra rekordchi bo‘lmish Huawei P50 Pro selfi-kamerasining test jarayonlari bilan batafsil (ingliz tilida) tanishib chiqishni istovchilar mazkur havola yordamida DxOMark laboratoriyasi saytiga o‘tsalar bo‘ladi.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)