DxOMark ekspertlari OnePlus 5 kamerasini sinovdan o‘tkazishdi

DxOMark ekspertlari OnePlus 5 kamerasini sinovdan o‘tkazishdi

OnePlus kompaniyasining so‘nggi flagmani bo‘lgan OnePlus 5 taqdimotida smartfon ishlab chiqaruvchi tomonidan eng yaxshi kamerafon sifatida qayta-qayta e’tirof qilingan edi. Jumladan, uning kamerasini tayyorlashda fotografiya bo‘yicha nufuzli muassasa DxOMark laboratoriyasining ekspertlari ishtirok etganliklari ma’lum qilingan edi. Yaqinda esa mazkur kamerafon imkoniyatlari DxOMark mutaxassislari tomonidan 87 ballga munosib topildi. 

Bu hozircha maksimal baho emas. Ammo DxOMark reytingida Samsung Galaxy SEdge PlusHuawei P10 hamda Sony Xperia XZ smartfonlaridan so‘ng 4-o‘rinni egallagan xitoylik uchun bu yomon natija emas. 

OnePlus 5 devaysidagi bosh kamera qo‘sh ob’yektivli bo‘lib, ulardan biri Sony'ning 16 megapikselli, yorug‘lik linzasi f/1.7 bo‘lgan datchigi, ikkinchi modulning syensori esa 20 MP, apertura hajmi f/2.6.

Sinov davrida olingan quyidagi suratlarga diqqat qiling: 


 


Yuqoridagi surat smartfon kamerasidagi 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasi yordamida olingan. 




DxOMark ekspertlarining ma’lum qilishlaricha, OnePlus 5'ning avtofokus tizimi, ayniqsa portret rejimida o‘zini ko‘rsatadi. Shuningdek flagman:

- oq tus balansini to‘g‘ri aniqlash;

- yorqin va tabiiy rang berish;

- detallarni yaxshi aks ettirish;

- tezkor va barqaror avtofokuslashda aniq ishlaydi. 

Bosh kameraning kamchiliklari sirasiga:

yorug‘lik past sharoitda kichik detallarning "yeyilib ketishi"ni, ob’yekt konturida aniqlikning yo‘qolishini aytish mumkin. 

OnePlus 5 gadjetining sifatli video tasvir olishi ham aytilgan. Uning bu boradagi imkoniyatlari 86 ballga baholangan. 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!