DxOMark eng yangi va arzon iPhone kamerasiga hukm o‘qidi

DxOMark eng yangi va arzon iPhone kamerasiga hukm o‘qidi

DxOMark iPhone SE smartfonining asosiy va selfi kameralarini sinovdan o‘tkazib, natijalarni e’lon qildi.

iPhone SE'ning kamera apparat ta’minoti iPhone XR'niki bilan bir xil. 12 megapiksellik datchik f/1.8 apertura, fazani aniqlovchi avtofokus, OIS va 5 karragacha optik zumga ega. Bugungi kungi talablarga ko‘ra, bu juda ham sodda ta’minotdir.

Selfi kamera esa f/2.2 apertura va qo‘zg‘almas fokus linzasiga ega 7 megapiksellik datchik.

Umumiy olib qaraganda, iPhone SE ekspozitsiya va kontrastni o‘lchash borasida juda yaxshi natija qayd etdi. Bunga Apple'ning avtomatik HDR'ini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Avtomatik HDR ham bino ichkarisida, ham tashqarida rasm olishda yaxshi ishlaydi, qora va soyali maydonlarni ham sifatli ekpozitsiya qiladi.

iPhone SE kamerasining kuchli tomoni tasvir rangi bo‘ldi. DxOMark qurilma rangga yaxshi balans berishi va tasvirlarning to‘yinganlik darajasini maqtamoqda.

Avtofokus ham kuchli, tez va barqaror ishlaydi. Ammo tasvir xiraligi smartfonning kuchsiz jihati. Hozirda boshqa kompaniyalar hatto budjet smartfonlariga ham kattaroq rezolyusiyali kamera qo‘yib, piksel binning texnikasi yordamida tasvir xiraligini kamaytirmoqda, past yorug‘likda olingan tasvirlar sifatini oshirishga erishmoqda. Rasm xiraligi va detallarning kamligi, ayniqsa, ichkarida olingan yoki yuqori kontrastli suratlarda ko‘zga tashlanadi.

Asosiy va selfi kameralarda olingan portretlarni yaxshi (ammo a’lo emas), deb baholash mumkin. Smartfonda maxsus Tungi rejim mavjud emasligi uning kamchiliklaridan.

Shunday qilib, DxOMark Apple iPhone SE (2020) smartfoniga umumiy hisobda 101 ball, selfilar uchun esa 84 ball bergan.

Sinov natijalari bilan batafsil bu yerda tanishing (havola sahifa matni ingliz tilida).

O‘QING: «Jonli» test videosi: iPhone avtonomligi va tezkorligiga iOS 14 qanchalik ta’sir ko‘rsatgan?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!