DxOMark kamerasi eng kuchli o‘yin smartfonini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1134
  •  17.01.2020 14:34

DxOMark kamerasi eng kuchli o‘yin smartfonini e’lon qildi

AnTuTu jamoasi o‘tgan yilning dekabrida ASUS kompaniyasining o‘yinbop ROG Phone II modelini eng kuchli smartfon sifatida e’lon qilgan edi. IGN nashri ham 2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni reytingida uni eng zo‘r geymerofon, deya e’tirof etgan.

O‘QING: TEST: 2019 yilgi smartfonlardan qay birining ovozi eng zo‘r?

DxOMark servisi ham ASUS ROG Phone II (yoki ROG Phone 2) modelining kamera imkoniyatlarini xolis testdan o‘tkazib, o‘z bahosini berdi. Ushbu qurilma o‘yinbop smartfonlar orasida eng yuqori – 95 ballik natija ko‘rsatgan. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Xiaomi geymerofoni – Black Shark 2 flagmani unda atigi 84 ball olgan.

Mazkur servis testidagi rekord esa Huawei’ning eng zo‘r flagmaniga tegishli – Mate 30 Pro 5G unda naq 123 ball olgan.

O‘QING: DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

Professional baholash servisi reytingida ASUS ROG Phone 2 modeli foto va video imkoniyatlariga ko‘ra tegishlicha 97 va 92 ballik natija ko‘rsatgan:

DxOMark mualliflarining ta’kidlashlaricha, odatda geymerofonlarning foto va video suratga olish imkoniyatlariga uncha e’tibor qaratilmaydi, asosiy urg‘u displey va protsessorga, shuningdek tezkor xotiraga beriladi. Shunga qaramasdan, ROG Phone II turli jihatlarni o‘zida murosa bilan birlashtirgan va OnePlus 6 hamda iPhone X darajasida suratga ola biladi.

O‘QING: JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!