DxOMark reytingi: 2018 yilning eng zo‘r kamerofonlari!

  •   DiMaX
  •  1369
  •  05.01.2019 15:47

DxOMark reytingi: 2018 yilning eng zo‘r kamerofonlari!

Har xil gadjetlar kameralarining imkoniyatlarini baholovchi DxOMark professional servisi ham 2018 yildagi tekshiruvlarning umumiy natijasini e’lon qildi. Ushbu kompaniya mutaxassislari bultur har xil narx toifalaridagi jami 31 ta smartfon kamerasini baholashgan.

O‘QING: iPhone XS Max kamerasiga DxOMark baho berdi: «Yaxshi, lekin eng zo‘ri baribir boshqa!»

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, smartfonsozlar 2018 yili telefonlarning kamerasiga avvalgilaridan ko‘ra ko‘proq e’tibor bera boshlashdi. DxOMark laboratoriyasi ularni tekshirish va baholashning yangicha usulini qo‘llashga o‘tdi.

2018 yili kamerofonlar ilk bora 100 balldan oshiq baho olishdi, ularning eng zo‘ri esa Huawei P20 Pro bo‘ldi – umumiy hisobda 109 ochko! Videoroliklar sifati bo‘yicha esa Google Pixel 3 birinchilikni egallagani qiziq – axir, u bittagina modulli kameraga ega! Huawei P20 Pro uchta sensorli bosh kameraga ega bo‘lsa-da, video sifatiga ko‘ra Pixel 3 bilan bir xilda – 98 ball olgan.

O‘QING: DxOMark: iPhone XR’ni yakka kamerali smartfonlar «taxtidan tushirgan» yangi kamerofonni qarshi oling!

Shunday qilib, 2018 yilda kamera imkoniyatlari DxOMark laboratoriyasi tomonidan tekshirilgan barcha smartfonlarning umumiy reytingi quyidagicha:

Xulosalarini bayon etar ekan, DxOMark o‘tgan yili smartfonlarda bosh kamera modullari sonining oshirilishi tendensiyasi kuchayganini ta’kidlagan. Ushbu trend hali davom etmoqda va afsonaviy smartfonsoz tez orada naq beshta modulli kameraga ega Nokia 9 PureView flagmanini taqdim etadi.

O‘QING: «Pentakamerali» Nokia 9 «damini olsin» – LG kamerasi naq 16 modulli smartfon chiqaradi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!