DxOMark reytingida arzon Redmi smartfoni kuchli beshlikka kirdi!

  •   DiMaX
  •  2004
  •  14.08.2021 09:59

DxOMark reytingida arzon Redmi smartfoni kuchli beshlikka kirdi!

Kuni kecha AnTuTu servisi iyul oyi holatiga ko‘ra beshta narx toifasidagi eng kuchli smartfonlarni alohida-alohida reytinglarda e’lon qilgan. Unda eng arzon, ya’ni narxi 1999 yuangacha (bu taxminan 309 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi) bo‘lgan telefonlarning eng zo‘ri 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali Redmi Note 10 Pro bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari mana shu Redmi Note 10 Pro smartfonining akkumulyatorini – qancha vaqtda to‘lishi, qurilmaning avtonomligi kabi jihatlarini test qilib ko‘rishdi. Hamyonbop smartfon ushbu yo‘nalish bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatib, beshinchi o‘rinni egalladi.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur model batareya imkoniyatlariga ko‘ra 84 ballik natija ko‘rsatgan. Avtonomlik reytingida yetakchisi Samsung Galaxy M51 bo‘lsa, kuchli beshlikka yana Redmi Note 10, Oppo A74 hamda Wiko Power U30 modellari ham kirgan.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Redmi Note 10 Pro modeliga qaytadigan bo‘lsak, bu smartfonga uncha kuchli bo‘lmagan Snapdragon 732G protsessori o‘rnatilgan. Uning diagonaliga 6,67 dyuymlik AMOLED-displeyi kadr yangilanishining 120 gerslik chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo oddiy foydalanuvchi smartfonni bunaqa yuqori chastotali holatda ishlatmasligini nazarda tutib, DxOMark ekspertlari uni 60 gerslik rejimda test qilib ko‘rishgan.

Akkumulyatorining bitta quvvat bilan ishlash davomiyligiga ko‘ra bu smartfon 2 kunu 19 soatlik natija ko‘rsatib, 78 ball olgan.

O‘QING: Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya

Redmi Note 10 Pro akkumulyatori 5020 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Uning noldan boshlab 80 foizgacha quvvatlanishiga 55 daqiqa, to‘liq zaryadlanib bo‘lishiga esa 1 soatu 32 daqiqa kerak bo‘ladi. Xullas, gadjetni quvvatlanish bo‘yicha 77 ballga baholashgan.

O‘zbekistonda sotilayotgan Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarining 2021 yil avgust oyi holatiga ko‘ra Mediapark.uz, Asaxiy.uz, Openshop.uz hamda Olcha.uz onlayn do‘konlaridagi narxlari bilan esa mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!