DxOMark reytingida Galaxy S10 5G kameralari birinchi o‘rinlarni olib, video bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1876
  •  19.04.2019 09:22

DxOMark reytingida Galaxy S10 5G kameralari birinchi o‘rinlarni olib, video bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

Kameralar va ob’yektivlarni xolis tekshirib, sifatini baholovchi DxOMark kompaniyasining testlari haqida bir qator xabarlar e’lon qilganmiz. Mazkur servis xodimlari, nihoyat, hozirda eng ilg‘or flagmanlardan biri – Samsung Galaxy S10 5G modelini ham professional sinovdan o‘tkazishdi.

DxOMark zamonamizning eng zo‘r kamerofonini e’lon qildi

Galaxy S10 5G modeli, aytish mumkinki, xitoylik texnogigantning ushbu servis reytinglaridagi liderligiga chek qo‘ydi. Ya’ni, janubiy koreyaliklarning superflagmani asosiy kamera reytingida Huawei P30 Pro bilan bir xilda – 112 ball oldi, ammo uning selfi-kamerasi 97 ballik ko‘rsatkich bilan yetakchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, videoga olish sifati bo‘yicha Galaxy S10 5G rekord qo‘ydi – u videos’yomka bo‘yicha DxOMark reytingida 100 ball ola bilgan yagona smartfondir!

To‘g‘ri, Galaxy S10 5G faqat bosh kameraning fotos’yomka imkoniyati bo‘yicha 117 ball olgan, bu esa Huawei P30 Pro’ning 119 ballik natijasidan pastroq. Ammo videos’yomka bo‘yicha xitoyliklar flagmani bu raqibidan uchtaga kam – 97 ball olgan.

O‘QING: DxOMark: iPhone XR’ni yakka kamerali smartfonlar «taxtidan tushirgan» yangi kamerofonni qarshi oling!

Samsung Galaxy S10 5G superflagmanining kameralar sinoviga doir batafsil ma’lumotlarni mana bu havola orqali DxOMark rasmiy saytidagi maxsus sahifada ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Selfi-kameralar reytingida Galaxy S10 5G eng yuqori – 97 ballik natija ko‘rsatgan. Old kamera bo‘yicha Galaxy S10+ (sotib olish) 96 ball, Google Pixel 3 hamda Galaxy Note 9 (xarid qilish) esa 92 ball olgan bo‘lsa, Huawei P30 Pro atigi 89 ball bilan beshinchi o‘rinda.

O‘QING: DxOMark selfi-kameralarni tekshira boshladi: eng zo‘r 12 ta selfifon bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!