DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!

DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!

Turli qurilmalar kameralarining imkoniyatlarini baholovchi DxOMark professional servisi kuni kecha taqdim qilingan Samsung Galaxy Note 10+ 5G smartfoni kamerasini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng qiziqarlisi, Samsung kompaniyasinig eng so‘ngi flagmani DxOMark reytingi yetakchisiga aylandi. Huawei P20 Pro smartfoni chiqqanidan bu`n xitoylik smartfonlar reyting cho‘qqisini xech kimga bo‘shatmay kelayotgandi.

Samsung Galaxy Note 10+ 5G testlarda 113 ball olib, Huawei P30 Pro va Galaxy S10 5G smartfonlaridan  1 ball ko‘proq natijani ko‘rsatgan. Aniqroq qilib aytganda, smartfon fotosuratga olishda P30 Pro’dan 1 ball kam – 118 ball olgan. Bu ko‘rsatkichda u Galaxy S10 5G’dan bir ball ko‘proq, OnePlus 7 Pro bilan esa teng natija qayd etgan.  

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon

Video sifati borasida esa smartfon 101 ballga loyiq ko‘rilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u dunyoda tengsiz. Ma’lumot uchun, video sifati testida Galaxy S10 - 100 ball, iPhone XS Max esa 96 ball olgan.

Old kamera esa 99 ball yig‘ishga erishgan – bu natija bo‘yicha ham smartfon reytingda tengsiz.

O‘QING: O‘tmishga nazar: Samsung Galaxy Note

Yangi smartfonning reytingda egallagan o‘rniga qarab qandaydir salbiy yoki ijobiy fikr bildirish noo‘rin. Ammo, shu singari reytinglar barchasi maxsus sharoitlarga mos bo‘lib, berilgan baxolar nisbiy hisoblanadi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar eng yaxshi suratlarni Google Pixel, videolarni esa Apple’ga tegishli smartfonlar yaxshi oladi deb o‘ylashadi.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Samsung smartfonlari arzonlashdi, aylanuvchi kamerali A80 keldi (2019 yil 8 avgust)

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.