DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan yangi qirol! (+video)

  •   DiMaX
  •  1663
  •  17.12.2019 16:55

DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan yangi qirol! (+video)

Joriy yilning kuzida chiqqan Huawei Mate 30 Pro flagmani DxOMark reytingida eng yuksak o‘rinni olgandi. Keyinroq esa Premium talqinidagi Xiaomi Mi CC9 Pro flagman ham u bilan bir xil – 121 ballik natija ko‘rsatgan va hozirgacha bu ikkovlon taxtni teng bo‘lishib kelishayotgan edi.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Lekin bugun – 17 dekabr kuni DxOMark servisi navbatdagi flagmanning tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Bu ham Huawei mahsuloti, aniqrog‘i, o‘sha kamerofonning 5G-versiyasi – Mate 30 Pro 5G flagmani bo‘lib, barcha smartfonlardan yuqori – 123 ball oldi.

Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, Huawei Mate 30 Pro 5G ham fotoimkoniyatlari, ham videoga tushirishi bo‘yicha eng yuksak natijalar qayd etgan:

Mutaxassislarning fikricha, Mate 30 Pro 5G flagmani o‘zining oddiy versiyasiga juda yaqin, ammo Huawei uning dasturiy ta’minotini yanada takomillashtirgan va optimizatsiya qilgan, bu esa DxOMark baholashida o‘zini ko‘rsatgan.

O‘QING: DxOMark’ning yangi reytingida Huawei hali taqdim etmagan 5G-smartfon rekord o‘rnatdi!

Huawei Mate 30 Pro 5G kamerasida olingan quyidagi videoda uning imkoniyatlarini “jonli” kuzatishingiz mumkin:

Agarda kamera imkoniyatlarini tekshirish natijalari bilan batafsil tanishishni istasangiz, mana bu havola orqali DxOMark saytining tegishli (inglizcha) sahifasiga o‘ting.

O‘QING: 2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni (IGN versiyasi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.