DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1651
  •  29.11.2019 14:03

DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

Biroz avval 2019 yilgi eng yaxshi kamerofonlari bo‘yicha DxOMark kompaniyasining reytingini e’lon qilgan edik. Mazkur laboratoriya, shuningdek, selfi-kamerasi eng sifatli bo‘lgan smartfonlarning alohida reytingini ham chiqargan.

O‘QING: Eng zo‘r iPhone ham DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Aytish kerakki, DxOMark mutaxassislari smartfonlarning old kameralarini 2019 yilning yanvaridagina tekshira boshlashgan. O‘shandan buyon o‘tgan salkam bir yillik vaqt mobaynida ular hamyonbop telefonlardan flagman modellargacha bo‘lgan jami 25 rusumdagi smartfonning selfi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishgan. Va nihoyat, ularning eng zo‘rlarini e’lon qilish vaqti keldi.

Umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 99 ball to‘plagan Samsung Galaxy Note 10+ 5G flagmani yetakchi bo‘lib chiqdi. DxOMark ekspertlari uni har xil yoritilgan sharoitlarda selfi-s’yomkaning ko‘plab turlari uchun «ideal tanlov», deya e’tirof etishdi.

Ikkinchi pog‘onani Asus ZenFone 6 band etgan bo‘lsa, undan keyingi ikkita o‘rinni yana Samsung mahsulotlari – Galaxy S10 5G hamda Galaxy S10+ egallagan. Kuchli beshlikni yilning eng zo‘r kamerofoni – Huawei Mate 30 Pro yakunlab bergan.

Agar s’yomkaning har xil turlari bo‘yicha oladigan bo‘lsak, selfi-video uchun eng zo‘ri Samsung Galaxy Note 10+ 5G flagmani ekan. Sayohatlar uchun eng ma’qul selfifon deb esa Google Pixel 4 maqtalgan. Klassik avtoportretlar olishga aylanma kamerali Asus ZenFone 6 usta ekan. Keng burchakli guruhli selfi bo‘yicha ham Google Pixel 4 oldiga tushadigani topilmagan.

Selfifonlar testlariga oid batafsil ma’lumotlar, gadjetlarda olingan suratlar va videolar bilan mana bu havola orqali DxOMark saytida (inglizchada) batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: Samsung'ning Note 10'ini unuting. Mana, sotib olishga arziydigan smartfon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!