DxOMark zamonamizning eng zo‘r kamerofonini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2437
  •  28.01.2019 08:58

DxOMark zamonamizning eng zo‘r kamerofonini e’lon qildi

Mobil qurilmalarning foydalanuvchilar uchun muhim jihatlaridan biri – kamera imkoniyatlaridir. DxOMark esa ularning ayni shu tarafini xolis va to‘liq tekshirib baholaydigan professional servisdir.

O‘QING: DxOMark reytingi: 2018 yilning eng zo‘r kamerofonlari!

DxOMark servisining reytingida shu paytgacha eng zo‘r kamerofon sifatida Huawei P20 Pro qayd etilgan edi. Undan keyinroq Xiaomi o‘zining ko‘p tomonlama rekordchi Mi Mix 3 flagmanini rasman namoyish etgandi. Taqdimot marosimida kompaniya xodimlari ushbu smartfon hamda Huawei P20 Pro olgan suratlarni o‘zaro taqqoslab, o‘zining yangi flagmani Huawei kamerofonidan ham zo‘r rasmga olishini ta’kidlagandi.

Keyinroq xitoylik texnogigant o‘z yurtdoshi bo‘lgan ushbu kompaniyaning mazkur da’vosiga qarshi fikr bildirdi. Huawei Devices ijrochi direktori Richard Yu (Richard Yu) bu haqda so‘z yuritar ekan, Huawei P20 Pro modelidan faqatgina o‘zlarining yangi flagmani o‘zib ketishi mumkinligini aytgan. Bu bilan yaqindagina taqdim etilgan Huawei Mate 20 Pro smartfoniga ishora qilgan.

«Ko‘z ilg‘aydigan kelajakda birorta smartfonsoz kamera sifati bo‘yicha Huawei P20 Pro’dan o‘zib ketadigan qurilma tayyorlay olmaydi. Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

O‘QING: Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Xullasi kalom, DxOMark mutaxassislari yaqinda Mate 20 Pro smartfonining kamerasi bo‘yicha o‘z xulosalarini ma’lum qilishdi – Huawei’ning maqtanganicha bor ekan!

Xitoylik texnogigantning mazkur flagmani foto imkoniyatlari bo‘yicha 114 ball, video imkoniyatlariga ko‘ra esa 98 ball olgan. Huawei Mate 20 Pro kamerasining yakuniy bahosi 109 ballni tashkil etgan. Bu – oldingi yetakchi Huawei P20 Pro bilan teng ko‘rsatkichdir.

DxOMark ekspertlari yangi smartfon kamerasining dinamik diapazoni hamda optik zumning a’lo darajada ishlashini alohida ta’kidlashgan. Shuningdek, yaxshi yoritilmagan sharoitlarda kameraning ishlashi va turli vaziyatlarda avtofokusirovkaning tezligi ham yoqqan. Ammo video suratga olish jarayonida barqarorlashtirish funksiyasi, shuningdek, boke effekti bilan suratga olishdagi detallashtirish unchalik emas ekan.

Nima bo‘lganda ham, hali birorta ham smartfonsoz Huawei’dan o‘zib keta oladigan kamerofon taqdim eta olgani yo‘q. O‘tgan yilning eng zo‘r kamerofoni – Huawei P20 Pro modelini esa hoziroq Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: DxOMark selfi-kameralarni tekshira boshladi: eng zo‘r 12 ta selfifon bilan tanishing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!