DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan yangi flagman bilan tanishing! (+video)

  •   DiMaX
  •  1479
  •  01.04.2020 14:56

DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan yangi flagman bilan tanishing! (+video)

Xitoylik texnogigant yaqinda o‘zining Huawei P40 turkumidagi kamerofonlarini taqdim etgan edi. DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari ulardan Huawei P40 Pro modelining kamera imkoniyatlarini tekshirib, hayratga tushishdi!

O‘QING: DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Aytish kerakki, bosh kamera sifati bo‘yicha DxOMark reytingida shu paytgacha Xiaomi Mi 10 Pro hamda Oppo Find X2 Pro modellari 124 ball bilan yetakchilik qilib kelayotgan edi. Huawei P40 Pro esa ulardan sezilarli darajada o‘zib ketdi – 124 ballik rekord!

DxOMark ekspertlarining ta’kidlashlaricha, ushbu laboratoriya reytinlarida har gal yangi yetakchi paydo bo‘lganida, oldingi liderdan 1 ball yuqori natija ko‘rsatar edi. Xitoyliklarning bu kamerofoni esa eng kuchli raqiblaridan ham biryo‘la 4 ballga ustun kelgani e’tiborga loyiq.

O‘QING: One plus 7T Pro DxOMark'dan sinovdan o‘tdi

Mutaxassislar Huawei P40 Pro asosiy kamerasida olingan video namunasini ham e’lon qilishgan:

Huawei P40 Pro bosh kamerasi qanday tekshirilganligi va bu jarayonlarning batafsil tavsifi bilan mana bu havola orqali DxOMark saytida (inglizchada) tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: DxOMark’ni poraxo‘rlikda ayblashyapti: «xolis» baholashning bahosi qancha?

Shu bilan birga, ekspertlar Huawei P40 Pro flagmanining selfi-kamerasini ham alohida tekshirib ko‘rishdi. Rasmga olish bo‘yicha u 108 ball, videoga tushirish borasida esa 95 ball olgan. Xullasi kalom, bu smartfon umumiy hisobda 104 ballik natija bilan eng zo‘r selfifonlar taxtiga ham chiqib oldi!

DxOMark mutaxassislari bir narsani ta’kidlashgan: Huawei P40 Pro selfi-kamerasi tekshiruvida undagi Face Beautification funksiyasi yoqiq holatida bo‘lgan. Bu funksiyaga ega bo‘lgan kamera proshivkasi esa hozircha oddiy foydalanuvchilarga taqdim etilmagan; Huawei uni yaqin oradagi yangilanish bilan tarqatadi.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz