DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1617
  •  24.10.2020 16:16

DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

Xitoylik texnogigant kuni kecha Huawei Mate 40 turkumidagi flagman smartfonlarini taqdim etgan edi. Standart modeldan tashqari, unga Mate 40 Pro hamda Mate 40 Pro+ flagmanlari ham kirgan.

O‘QING: Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

Qurilmalar kameralarini professional usullarda tekshirib baholovchi DxOMark laboratoriyasi allaqachon Huawei Mate 40 Pro flagmanining foto va video imkoniyatlarini test qilib ko‘rdi. Kutilganidek, mazkur model Huawei’ga kamerofonlar reytingidagi taxtni qaytarib olib berdi!

Ko‘rib turganingizdek, Huawei Mate 40 Pro asosiy kamerasi suratga olish bo‘yicha 140 ball, videoga tushirish bobida esa 116 ball olgan. Shu tariqa, u yakunik 136 ballik natija bilan eng zo‘r fotoflagman bo‘lib olgan.

O‘QING: Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

DxOMark mutaxassislari biryo‘la Huawei Mate 40 Pro modelining selfi-kamerasini ham tekshirib ko‘rishgan. Buni qarangki, uning old kamerasi ham barcha smartfonlar orasida eng zo‘ri bo‘lib chiqdi:

Guvohi bo‘lyapmizki, Huawei’ning yangi flagmani old kamerasi fotoimkoniyatlariga ko‘ra 110 ball, video olish bo‘yicha esa 96 ballik natija ko‘rsatgan. Uning umumiy ko‘rsatkichi ham barcha smartfonlarnikidan yuqori – 104 ball.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Shu tariqa, Huawei Mate 40 Pro fotoflagmani DxOMark’ning bir yo‘la ikkita – bosh kamera va old kamera reytinglarida yetakchi bo‘lib chiqdi:

Aytish kerakki, shu yil martning so‘ngida taqdim etilgan kamerofon – Huawei P40 Pro flagmani o‘shanda DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan edi. Uning rekordini Xiaomi kompaniyasi 11 avgust kuni taqdim etgan yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli sindira olgan. Biroq «Xitoycha Apple»ning DxOMark reytingidagi hukmronligi ko‘pga bormadi – Huawei tezda undan taxtini qaytarib oldi.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!