DxOMark’ning yangi reytingida Huawei hali taqdim etmagan 5G-smartfon rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  976
  •  05.12.2019 16:15

DxOMark’ning yangi reytingida Huawei hali taqdim etmagan 5G-smartfon rekord o‘rnatdi!

Xitoylik texnogigant bugun – 5 dekabr kuni Nova 6 hamda Nova 6 5G rusumli yangi smartfonlarini namoyish etyapti. DxOMark esa allaqachon bulardan ikkinchisining selfi-kamerasini tekshiruvdan o‘tkazib, hisobotini e’lon qildi.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Yodingizda bo‘lsa, DxOMark yaqindagina eng zo‘r selfifonlar reytingini taqdim etgan edi. Huawei Nova 6 5G esa undagi yetakchilar – Samsung Galaxy Note 10+ 5G, Huawei Mate 30 Pro hamda Google Pixel 4 flagmanlarini ham dog‘da qoldirdi!

Guvohi bo‘layotganingizdek, Nova 6 5G old kamerasi 100 ball olgan.

O‘QING: Eng zo‘r iPhone ham DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Huawei Nova 6 5G old kamerada video olish sifati bo‘yicha 105 ball to‘plagan, videos’yomka borasida esa – 93 ball. Natijada uning yakuniy ochkolari 100 ballga teng bo‘lgan.

Huawei Nova 6 5G haqidagi yangiliklarni Terabayt.uz orqali kuzatishda davom eting. Ushbu model bo‘yicha DxOMark tekshiruvlari bilan batafsil (inglizchada) tanishish uchun esa mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Huawei nega kurakda turmaydigan so‘zlar bilan Apple’ni haqoratladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.