DxOMark’ning yangicha reytingi: ovozi eng zo‘r smartfonlar!
Shu paytgacha fotokameralarni professional sinovdan o‘tkazishi bilan tanilgan DxOMark kompaniyasi mobil qurilmalarning yana bir jihatini testdan o‘tkazishni boshladi. Ya’ni, endi u smartfonlarning ovoz yangratish xususiyatlarini tekshirishni yo‘lga qo‘ydi va bu boradagi ilk reytingini e’lon qildi.
O‘QING: Google Pixel 4 XL va Samsung Galaxy Note 10 Plus'larning kamerasi taqqoslandi
DxOMark servisining yangi yo‘nalishdagi testida beshta brendga qarashli jami yettita qurilmaning ovoz imkoniyatlariga baho berilgan: Apple iPhone 11 Pro Max (sotib olish) va iPhone XS Max; Samsung Galaxy S10+ (xarid qilish) va Galaxy Note 10+; Sony Xperia 1, Honor 20 Pro hamda Huawei Mate 20 X.
Tadqiqotlarda ushbu smartfonlar bir hafta mobaynida sinab ko‘rilgan; ularning dinamik va quloqchin orqali ovoz uzatishi tekshirilgan. Shuningdek, kamera va diktofon orqali yozib olingan ovozlar sifati ham o‘rganilgan.
Yangicha reyting yetakchisi Huawei Mate 20 X modeli bo‘lgan, Apple’ning bulturgi flagmani – iPhone XS Max esa eng yangi iPhone 11 Pro Max’dan ham o‘zib, ikkinchi o‘rinni egallagan:
DxOMark ta’kidlashicha, Mate 20 X hamda iPhone XS Max ovozni deyarli ideal tarzda uzatib beradi. iPhone 11 Pro Max esa tovushlarni ularchalik aniq yangratmaydi, yana dinmikdagi bas borasida ortda qoladi. Landshaft rejimida esa u chap va o‘ng kanallarni chalkashtirib yuborgan. Ovozning balandligi borasida iPhone 11 Pro Max boshqa qurilmalardan ustun kelgan.
Aytib o‘tish o‘rinliki, DxOMark ushbu testlarni maxsus qurilgan laboratoriyasida o‘tkazgan; u yerdagi shart-sharoitlar esa smartfonlarni oddiy qo‘llash shart-sharoitlaridan farq qiladi. Shu boisdan ham foydalanuvchilar mazkur flagmanlarning ovoz sifatidagi farqlarini unchalik sezmasliklari tabiiy.
O‘QING: Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)