E3 2019’dagi eng ommabop o‘yinlar o‘ntaligi (GameStop versiyasi)

  •   DiMaX
  •  2026
  •  20.06.2019 14:37

E3 2019’dagi eng ommabop o‘yinlar o‘ntaligi (GameStop versiyasi)

Joriy yilning 11–14 iyun kunlari Los-Anjeles shahrida Electronic Entertainment Expo 2019 kompyuter o‘yinlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab yangi o‘yinlar rasman namoyish qilindi hamda soha mutaxassislarining va geymerlarning e’tiborini tortdi.

O‘QING: Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Videoo‘yinlar, o‘yin konsollari va aksessuarlarini sotuvchi eng yirik tarmoq bo‘lgan GameStop esa ushbu ko‘rgazmada namoyish etilgan o‘yinlar orasidan eng ommaboplari, ya’ni oldindan buyurtma qilinayotganlarining top-o‘ntaligini taqdim etdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, E3 2019 tadbirining o‘tkazilish davrida ushbu tarmoq do‘konlarida o‘yinlarga avvaldan buyurtma qilish hajmi naq 63 foizga oshgan!

Xullasi kalom, GameStop do‘konlarida oldindan buyurtma qilinishi bo‘yicha yetakchi o‘nta o‘yin quyidagilardir:

  1. Call of Duty: Modern Warfare
  2. Pokemon Sword and Shield
  3. Final Fantasy VII Remake
  4. Cyberpunk 2077
  5. Borderlands 3
  6. The Legend of Zelda: Link's Awakening
  7. Star Wars Jedi: Fallen Order
  8. Gears 5
  9. Super Mario Maker 2
  10. Crash Team Racing: Nitro-Fueled

Shunisi ham borki, avvaldan buyurtma ochilishi bilanoq Steam hamda GOG sotuvlarida yetakchiga aylangan Cyberpunk 2077 o‘yini GameStop reytingida atigi to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

O‘QING: Google sovriniga da’vogar ilova va o‘yinlar bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!