EA yangi FIFA 23 o'yinining treylerini chiqardi

EA yangi FIFA 23 o'yinining treylerini chiqardi

Electronic Arts kompaniyasi o'zining yangi FIFA 23 o'yinining treyleri va u haqida ilk ma'lumotlarni taqdim etdi. Ma'lum bo'lishicha, yangi FIFA o'yini Angliya va Fransiya oliy ligalardan ayollar klublarini ham o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, FIFA 23 o'yiniga yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatlari: 2022-yilda Qatarda o'tkaziladigan erkaklar musobaqasi va 2023-yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan ayollar musobaqasi ham bepul yangilanish sifatida qo'shilishi aytilmoqda.

EA'ning ta'kidlashicha, o'yinni HyperMotion2 texnologiyasining navbatdagi evolyutsiyasi bilan yanada realistik tajribada o'ynash mumkin. Shuningdek, FIFA 23 platformalararo o'ynashni qo'llab-quvvatlash xususiyatiga ham ega bo'ladi. 

FIFA 23 o'yini 30-sentabrdan kompyuter, Xbox, PlayStation 4, PlayStation 5 va Google Stadia bulutli-geyming platformasiga chiqariladi. 

Aytish kerakki, FIFA 23 o'yini EA'ning FIFA nomi bilan chiqariladigan so'nggi o'yin bo'lib, kompaniya 2023-yildan ushbu nomni EA Sports FC franshizasiga o'zgartiradi. 

O'QING: USB-C portli AirPods yaratildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.