Edvard Snouden Twitter’da paydo bo‘ldi

Edvard Snouden Twitter’da paydo bo‘ldi

U hozircha bitta sahifani kuzatmoqda: @NSAGov

AQSh xavfsizlik idorasi sirlarini fosh qilgani bilan tanilgan Edvard Snouden “Twitter” tarmog‘iga qo‘shildi.   Uning @snowden nomi orqali olamga tarqatgan ilk tviti “Yendi meni eshityapsizmi?” degan savol bo‘ldi.


Snouden hozircha Twitter’da faqat bitta sahifani kuzatmoqda:  @NSAGov.   Bu AQSh Milliy xavfsizlik agentligining Twitter’dagi rasmiy sahifasi hisoblanadi. Snouden xorijga qochishidan oldin aynan shu idorada ishlagan va tashkilotning minglab sahifali maxfiy ma’lumotlarini o‘zi bilan olib chiqib ketgan.

Snouden hozir Rossiyada yashaydi.   Unga bu yerda boshpana berilgan.   AQShda esa unga qarshi davlatga xiyonat qilganlik aybi qo‘yilgan.

Ikki soat ichida Edvard Snoudenning Twitterdagi kuzatuvchilari soni 250 ming kishiga yaqinlashgan.   @terabayt_uz ulardan biri.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!