Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1505
  •  03.08.2021 17:57

Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Biz boyagina AnTuTu benchmarkiga ko‘ra Android-smartfonlar samaradorligi bo‘yicha iyul oyi reytingini e’lon qilgan edik. Mazkur servis mutaxassislari bundan tashqari egasini qoniqtirgan Android-smartfonlar ro‘yxatini ham chiqardi.

O‘QING: Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

Egasini rozi qilgan smartfonlarning iyun oyidagi reytingidan farqli ravishda, iyuldagi ro‘yxatda eng yuqori baholarga o‘tgan yilgi flagmanlar sazovor bo‘lgan.

G‘oliblik shohsupasidan Honor 30 Pro+ o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka bulturgi Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G hamda bu yil may oyida chiqqan Oppo Reno 6 Pro 5G modellari ham kirgan.

TOP-o‘ntalikdan yana Oppo K9 5G, Huawei Mate 30 5G, Meizu 18 Pro, Samsung Galaxy S21 Ultra 5G , Huawei P40 Pro+, Meizu 18 hamda Nubia Red Magic 6 Pro smartfonlari ham o‘rin olgan.

O‘QING: TOP-10: Eng ommabop smartfonsozlar reytingida Apple’ni ikkinchi o‘rindan tushirishdi!