Egasiga juda uzoq xizmat qilgan 5 ta afsonaviy smartfon. Siz ham ularni ishlatganmisiz?

Egasiga juda uzoq xizmat qilgan 5 ta afsonaviy smartfon. Siz ham ularni ishlatganmisiz?

Android smartfonlarning hayot sikli cheklangan.

Ularga iOS'ga qaraganda kamroq dastur yangilanishi keladi. Masalan, iPhone 5s besh yil davomida yangi versiya dastur bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2020 yilga qadar Samsung smartfonlari faqat ikkita katta yangilanish qabul qilgan.

O‘QING: 2020 yilning eng yaxshi smartfonlari (GSMArena talqini)

Dizayn borasida ham Android smartfonlari o‘z aktualligini tez yo‘qotadi. 2017 yildan 2021 yilgacha Apple o‘z smartfonlari old tomon tepa qismini hoshiyali qilib chiqargan, shu boisdan ham iPhone X hali ham trendda. Ayni davr oralig‘ida esa Android smartfonlari hoshiyasiz, hoshiyali; tomchisimon, aylanasimon hoshiyali va harakatlanuvchi kamerali bo‘lib chiqdi. Android estetik standartlari juda tez o‘zgaradi.

Quyida sanab o‘tadiganlarimiz esa istisno holatlardir. Ushbu smartfonlar o‘z ahamiyatini taqdim qilingan yildan kamida uch yildan keyin ham yo‘qotmagan. Ishlab chiqaruvchilar ularni ta’minlab berishda davom etgan, uzoqroq muddat tizim yangilanishlari bilan ta’minlangan, chunki ularga talab yuqori bo‘lgan.

1, 2. Samsung Galaxy S8 va S8+

Galaxy Note 7 fojiasidan so‘ng, koreyaliklar Galaxy S lineykasini muvaffaqiyatli yangilash bilan o‘zlarini o‘nglab olishlari kerak edi. Va ushbu vazifa muvaffaqiyatli amalga oshdi. Galaxy S8 va S8+ lar 2017 yilning eng omadli qurilmalaridan bo‘ldi.

Taqdimotdan olti oy o‘tib, Mobile Choice Consumer Awards marosimoda Galaxy S8 yil smartfoni, xususan, eng yaxshi kamerafon deb topilgan. Qurilmalarning dizayni ham yillar davomida eskirmadi va ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortishda davom etdi.

S8 va S8+ 18:9 forma faktorli ilk smartfonlardan bo‘lgan. Har ikki model ham qayrima ekranga ega bo‘lgan. Bu o‘sha davrlarda keng tarqalgan emasdi. Hozirga kelib, brendlar bu dizayndan voz kechishga o‘tishdi, ammo koreyslar hoshiyasiz effekt va ekrandagi kontent foydalanuvchiga yaqinroq ko‘rinishidan lol qolishgan.

Qurilmalarning yagona kamchiligi barmoq izi skanerida edi. Skaner korpusdan ajralib chiqmagan va barmoq bilan tegilganda ham korpusdan sayqal borasida farqlanmas edi. Bundan tashqari, skaner orqa kameraning chap tomoniga joylangani bois uni topgunga qadar kamera oynasida dog‘ qolmasdan iloj yo‘q edi. Ushbu muammo Galaxy S9 va S9+ larda hal qilingan. Aytish mumkinki, S8 va S8+ Galaxy S lineykasining eng zo‘r smartfonlaridan bo‘lgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S smartfonlari: eng yomonidan eng yaxshisigacha

3. Xiaomi Mi 6

2017 yilgi Xiaomi Mi 6 smartfonini hozir ham 2.15 million foydalanuvchi ishlatadi. Bu ma’lumot Weibo tarmog‘i orqali kompaniya rahbari Ley Jun tomonidan ma’lum qilingan. Junning ta’kidlashicha, to‘rt yil oldin chiqqan smartfon uchun qoyilmaqom natija bu. Ha, bizningcha ham, shunday.

Yaxshi kamera, kuchli protsessorga ega funksional smartfon qidirgan va ayni damda puldan tejashni ham ko‘zlaganlar uchun Mi 6 ideal tanlov bo‘lgan. Smartfon 5.15 dyuym LCD ekran, 16:9 forma faktori va Full HD aniqlikka ega edi. Qurilma Snapdragon 835 chipi bilan jihozlangan, 6/128GB xotirada ishlagan. Orqa panelda esa 12MPlik ikki, oldida 8MPlik bitta kamera bo‘lgan. Akkumulyator sig‘imi esa 3,350 mAs edi.

4. OnePlus One

2014 yili chiqqan bu smartfon o‘z davridan oldinda edi. Shundan so‘ng, Xiaomi sahnaga chiqdi, boshqa Xitoy brendlari hali sanoatda katta o‘rin egallamagandi. Ushbu qurilma, asosan, internet orqali sotilgan.

OnePlus smartfonni flagman qotili deb atagan: devays qimmat modellardagi kabi texnik jihatlariga ega edi, narxi esa 400 dollar edi. Qiyos uchun, o‘sha yilgi iPhone 6 avvaliga 650 dollardan sotilgan.

Smartfonning dastur yangilanishlarini qabul qilishi ham qiziq bo‘lgan. Qurilma qadoqdan Android 4 bazasidagi CyanogenMod 11S interfeysida ishlagan bo‘lsa, bir yildan keyin apdeyt qabul qilib, Android Lollipop bazasidagi OxygenOS'da ishlay boshladi.

2020 yilda ham smartfon hammani lol qoldirdi. Olti yil oldingi model Android 10'ga o‘tdi! 2021 yilda ham smartfon hamon «tirik». Kompaniyaning top menejeri Pitt Launing aytishicha, hali ham 300 ta foydalanuvchi OnePlus One ishlatadi.

Smartfonning texnik jihatlari jozibali edi. Qurilma Snapdragon 801 protsessori; 3GB tezkor, 16/64GB doimiy xotira, 5,5 dyuym IPS ekran va 1920x1080p rezolyutsiya (Full HD) ga ega. Orqa paneldagi yagona kamera rezolyutsiya 13 megapiksel bo‘lgan.

Smartfonning kamerasi sifat borasida unchalik ajralib turmagan, lekin o‘sha davrlarda mobil fotgrafiyaga unchalik e’tibor berilmagan. Smartfonlar kamerasiga 2018 yilda Huawei P20 Pro chiqarilishi bilan jiddiy e’tibor qaratila boshlagan. OnePlus One smartfoni iPhone va Galaxy S'lar singari kuchli va funksional bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi va shunday bo‘ldi ham.

5. OnePlus 5T

OnePlus'ning yana bir qurilmasi. 2020 yil mayda OnePlus Android 10 bazasidagi OxygenOS 10 yangilanishini OnePlus 5 va 5T smartfonlariga jo‘natishni boshladi. Bu — smartfonlar qabul qilgan uchinchi va eng so‘nggi asosiy Android yangilanishi edi. O‘tgan yili ham smartfon urfdan qolmagan edi, chunki uning texnik jihatlari hamon ahamiyatli bo‘lgan.

OnePlus 5T smartfoni Dash Charge texnologiyasi asosida zaryad olgan. 2018 yilda Tom's Guide ushbu smartfon hatto flagmanlar orasida ham eng tez quvvat oluvchisi ekanini ma’lum qilgan. Sayt o‘tkazgan testda smartfon yarim soatda 0% dan 53%, bir yarim soatda esa 93% quvvat yig‘gan. iPhone X esa mos ravishda 50% va 81% zaryad olgan.

Bundan tashqari, smartfonning dasturiy ta’minoti ham sof Android'ga juda yaqin bo‘lgan.

O‘QING: Eski flagman yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfon?