Egasini avariyadan saqlovchi Sgnl V70 quloqchini taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  634
  •  13.12.2018 10:16

Egasini avariyadan saqlovchi Sgnl V70 quloqchini taqdim etildi! (+video)

Ko‘cha-ko‘yda quloqchin orqali musiqa tinglab ketayotganlarga, ayniqsa yoshlarga ko‘p duch kelamiz. Ular ko‘pincha atrofdagilarning gap-so‘zlarini eshitishmaydi, shuningdek, mashina signalini ham...

O‘QING: Bugun “naushnik”, ertaga quloq apparati…

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha atrofidagi ovozlarni eshitmagani uchungina xavfli vaziyatni payqamay qolgan 130 ming kishi halok bo‘ladi. Tinib-tinchimagan ixtirochilar musiqa shinavandalarini shunday holatlardan himoyalash uchun maxsus Sgnl V70 quloqchinini ishlab chiqishdi. U atrofdagi shovqinni to‘sishning gibrid texnologiyasiga ega.

Sgnl V70 gadjetining gibrid shovqin to‘sish funksiyasi ko‘cha bo‘ylab sayrlarda, velosiped haydaganda kerak bo‘ladi. Bunda bir vaqtning o‘zida quloqchindagi musiqani ham, atrofdagi tovushni ham eshitish mumkin. Quloqchinda yana oddiy tovush to‘sish funksiyasi ham bor – bunda tevarakdagi ovozlar umuman eshitilmaydi.

Boshqa jihatlari bilan Sgnl V70 oddiy quloqchinlardan farq qilmaydi. U quloqdan yechib olinganida musiqani avtomatik ravishda to‘xtatib turadi va kiyilganida yana o‘z-o‘zidan davom ettiradi. Quloqchin kosachalaridan birida sensor yuza mavjud bo‘lib, unda barmoq ishoralari orqali musiqani boshqarish mumkin.

O‘QING: Edge – kishini aqlliroq qiluvchi peshonabog‘ yaratildi! (+video)

Mana, Sgnl 70 quloqchinining ishlashini quyidagi videolavhada birga ko‘ramiz:

Sgnl V70 loyihasi Indiegogo kraudfanding platformasida taqdim etilgan bo‘lib, unga 129 AQSh dollari narxida oldindan buyurtma berish mumkin. Agarda loyiha kerakli miqdordagi mablag‘ni samarali tarzda to‘play olsa, so‘ng quloqchin 229 dollardan sotuvga chiqariladi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli ishlab chiqaruvchilarning ayrim rusumlardagi quloqchinlarini 132 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumin.

O‘QING: Namanganda uyali telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!