Egasini rozi qilgan iOS-gadjetlar TOP-o‘ntaligida besh yildan berigi birorta ayfon yo‘q! (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  831
  •  09.03.2021 12:07

Egasini rozi qilgan iOS-gadjetlar TOP-o‘ntaligida besh yildan berigi birorta ayfon yo‘q! (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Biz yaqinda AnTuTu servisining xitoylik foydalanuvchilarning fevral oyida benchmarkda o‘tkazgan testlari asosida eng kuchli flagmanlar ro‘yxatini va eng zo‘r hamyonbop smartfonlar reytingini chiqargan edik. Shuningdek, benchmark butun dunyodagi smartfonlar egalarining testlari natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida flagmanlarning global reytingni hamda jahon bozoridagi o‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon ro‘yxatini ham e’lon qilgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Ommabop benchmark jamoasi endi iOS tizimli mobil qurilmalarning o‘z egasini qoniqtirganlik ko‘rsatkichlari asosida 2021 yil fevral oyi reytingini ham taqdim etdi. Buni qarangki, unga besh yildan berida chiqqan birorta ham ayfon kirmagan, g‘olib esa – 2016 yili taqdim etilgan original iPhone SE modeli (98,07 foizlik qoniqish)!

Aytish kerakki, iPhone SE shu yilning yanvar reytingida ikkinchi o‘rinda bo‘lib, 12,9 dyuymlik iPad Pro plansheti 99,5 foizlik ko‘rsatkich bilan ketma-ket to‘rtinchi oy yetakchilik qilgan edi.

O‘QING: iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

Ko‘rib turganingizdek, fevralda o‘z egalarini rozi qilgan Apple qurilmalari top-o‘ntaligiga yana quyidagilar kirgan:

  1. iPad Pro (9,7 dyuymlik) – 98,07%
  2. iPad mini 4 – 97,35%
  3. iPad Pro (yangi, 10,5 dyuymlik) – 97,3%
  4. iPhone 6s Plus – 97,21%
  5. iPad Air 2 – 97,2%
  6. iPad Pro 4 (11 dyuymlik) – 97,09%
  7. iPhone 6s – 96,82%
  8. iPad 5 – 96,62%
  9. iPhone 7 – 96,02%

Eslatib o‘tamiz, Omdia tahlil kompaniyasi yaqinda e’lon qilgan, butun 2020 yil mobaynida jahondagi eng xaridorgir bo‘lgan telefonlar reytingida ro‘yxatning naq yarmini va g‘oliblik shohsupasini ham aynan ayfonlar band etgan.

O‘QING: 3687 mAs batareyali Phone 12 Pro Max avtonomligi yuqorimi, yoki 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy S21 Ultra? («Jonli» test videosi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!