Egasini rozi qilgan o‘nta iPhone va iPad (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

  •   DiMaX
  •  1022
  •  05.02.2021 16:39

Egasini rozi qilgan o‘nta iPhone va iPad (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Kuni kecha biz 2021 yilning birinchi oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng qudratli o‘nta smartfon reytingini chiqargan edik. Shuningdek, ushbu servis jamoasi xitoyliklar tomonidan yanvarda tekshirib ko‘rilgan o‘rta narxli smartfonlarning ham eng kuchlilarini e’lon qilgan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (4-hafta)

Benchmark jamoasi iOS operatsion tizimli gadjetlarning o‘z egalarini qoniqtirishi bo‘yicha ham reytingni e’lon qildi. TOP-o‘ntalik mazkur devayslar foydalanuvchilari shu yilning 1 yanvaridan 31 yanvarigacha qoldirgan baholar asosida shakllantirilgan.

Reyting g‘olibi – 12,9 dyuymlik iPad Pro plansheti 99,5 foizlik ko‘rsatkich bilan ketma-ket to‘rtinchi oy yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni 98,07 foizlik natija bilan smartfon egallagan – uyam bo‘lsa biror yangi flagman emas, balki 2016 yili taqdim etilgan original iPhone SE modeli!

O‘QING: 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni

Demak, egalarining ko‘ngillari to‘lgan iOS tizimli o‘nta qurilma ro‘yxati quyidagicha:

  1. 12,9 dyuymlik iPad Pro
  2. iPhone SE
  3. 9,7 dyuymlik iPad Pro
  4. iPad mini 4
  5. iPad Pro 2
  6. iPad Air 2
  7. iPhone 6s Plus
  8. iPad Pro 4
  9. iPhone 6s
  10. iPad 5

Ko‘rib turganingizdek, o‘nlikka uchtagina smartfon kirgan va ular ham nisbatan eski modellardir. Agarda amerikaliklarning o‘zlari qaysi ayfonlarni ko‘proq olishayotganiga qiziqsangiz, mana bu xabarimizni tavsiya etamiz.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!