Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2227
  •  05.07.2021 12:51

Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

AnTuTu benchmarki foydalanuvchilarning o‘z smartfonlari borasida bildirgan fikrlariga asoslanib yangi reytingni taqdim etdi. O‘z egalarini qoniqtirgan modellar o‘ntaligida g‘olib yetakchi smartfonsozlarga tegishli emas.

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

May oyidagi reyting lideri – o‘tgan yilgi Meizu 17 Pro modeli iyunda ham yetakchilikni qo‘ldan bermagan. Foydalanuvchilarning 98,04% ijobiy taqrizlari asosida u yana birinchi bo‘lib turibdi.

Kuchli uchlikka yana Samsung Galaxy S20 Ultra 5G (98,02%) hamda Huawei Mate 40 (96,54%) flagmanlari ham kirgan.

Ko‘rib turganingizdek, keyingi pog‘onalarni tegishlicha Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G, Meizu 18 Pro, Huawei Mate 30 Pro, Samsung Galaxy S21 Ultra 5G, OnePlus 9, Huawei P40 Pro+ hamda Meizu 18 modellari band etgan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Apple iPhone narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!