Egasini rozi qilgan top 10 Android smartfonlari

Egasini rozi qilgan top 10 Android smartfonlari

AnTuTu benchmarki jamoasi foydalanuvchilarning qoniqish darajasi eng yuqori bo‘lgan Android smartfonlarining aprel oyidagi reytingini e’lon qildi.

2022-yil aprel oyiga ko'ra egasini rozi qilgan top 10 smartfonlar ro'yxati
Muallif: AnTuTu
Galaxy Note20 Ultra
Muallif: Samsung

Unga ko'ra, Samsung kompaniyasining ikki yil avval chiqarilgan Galaxy Note20 Ultra smartfoni 97.19% pozitiv fikrlar bilan eng qoniqarli bo'lgan. Snapdragon 865 Plus chipida ishlaydigan ushbu smartfon kuchli va keng qamrovli konfiguratsiyasi bilan silliq ishlaydiga va shu sabab uni eng yuqori ko'rish ajablanarli emas. Kompaniyaning Note seriyasidagi so'nggi avlod smartfoni bo'lgan bu qurilma o'zining qattiq tanasi va chiroyli dizayni bilan ham ko'pchilikka manzur bo'lgan.

Mi 12X
Muallif: Xiaomi

Ro'yxatdagi ikkinchi o'rinni Xiaomi o'tgan yilning so'nggi kunlarida taqdim qilgan Mi 12X smartfoni egallagan. O'zining kichik va ixcham tanasi, shu bilan birga bir qo'l bilan boshqarish mumkinligi bilan ko'pchilikda qoniqish uyg'otgan bu qurilmaga Snapdragon 870 chipi o'rnatilgan edi.

Redmi Note 11 Pro+
Muallif: Xiaomi

Top uchlikni Xiaomi'ning yana bir Redmi brendi ostidagi Note 11 Pro+ smartfoni yopadi. Qurilmaning eng ustun tomoni uning 120W tezlikda, atigi 15 daqiqa ichida 100% quvvatlana olishidir, shu bilan birga u yuqori texnik xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramay cho'ntakbop narxda sotuvga chiqarilgan.

Yuqoridagi smartfonlardan keyingi ro'yxat davomi quyidagicha:

4. Samsung Galaxy S21 Ultra 5G - 93.1%
5. Huawei P50 Pro - 92.8%
6. Samsung Galaxy S22 Ultra 5G - 92.42%
7. Honor Magic3 Pro - 92.06%
8. realme GT - 91.59 %
9. Honor Magic3 Premium Edition - 91.49 %
10. Honor 60 Pro - 90%

O'QING: Poco M4 5G taqdim etildi

 
 
 
 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.