Egasini rozi qilgan top 10 iOS qurilmalari

Egasini rozi qilgan top 10 iOS qurilmalari

Albatta, yangi smartfonlar o'zining oldingilaridan yana ham yaxshiroq xususiyatlar va dizayn o'zgarishlari chiqarilganligi sabab odamlar ulardan mamnuniyat bilan foydalanishadi. Shuning uchun ham xalq orasida "Do'stning - eskisi, narsaning - yangisi yaxshi" degan gap bor. Biroq, Apple'ga kelganda bu maqol buziladi, chunki AnTuTu benchmarki jamoasi tomonidan chiqarilgan "Top 10 maqtovga sazovor iOS qurilmalari" reytinggida deyarli barcha eski iPhone va iPad qurilmalari yuqori o'rinlarni olgan.

2022-yil may oyi holatiga ko'ra taqdim qilingan ro'yxatga ko'ra eng birinchi o'rinda turgan 2016-yilgi iPhone SE smartfoni foydalanuvchilarda 97.99% qoniqish hosil qilgan. Ikkinchi o'rinni esa to'rtinchi avlod iPad Air plansheti egallagan bo'lib, uning egalari 97.5 foiz mamnuniyat bilan ishlatganlar.

Top uchlikning oxirgi o'rnini Apple allaqachon o'zining "davri o'tgan" smarfonlari ro'yxatiga qo'shgan iPhone 6s Plus modeli o'z egasini 97.18 foizga rozi qilgan holda egallab turibdi.

Ro'yxat yakunidagi iPad Pro 5 planshetini hisobga olmasak, qolgan iOS qurilmalari deyarli biroz eskirgan va garchi ular yangi avlod iPhone yoki iPad'lariga kuchli texnik xususiyatlarni taqdim qila olmasalar ham o'z egalarida yetarlichi qoniqish hissini uyg'otishmoqda.

O'QING: iPhone 14 qatori ko'proq operativ xotiraga ega bo'ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!