Egiluvchan smartfonlar haqiqatga aylandi (Video)

Egiluvchan smartfonlar haqiqatga aylandi (Video)

Queens University (Kanada) tadqiqotchilari turli tomonlarga egish mumkin bo‘lgan smartfon prototipini namoyish qilishdi. Smartfonning mazkur xususiyati turli qo‘shimcha vazifalarni faollashtiradi ham. Yangi qurilma haqidagi ma’lumotlar rasmiy relizda oshkor qilindi.

Kanadalik tadqiqotchilar ReFlex smartfonini yaratishda LG OLED egiluvchan displeyini asos qilib olishdi. Smartfon dizayni esa Android 4.4 platformasi yordamida shakllantirildi.

Xo‘sh, egilishlar qanday hollarda foyda beradi? Ushbu xususiyat bir qator yumushlarni bajarishda ko‘maklashadi: elektron kitoblarni varaqlashda, turli o‘yinlarni o‘ynashda va hujjatlar bilan ishlashda.

Olimlar o‘z kashfiyotini 2016 yilning 18 fevral kuni Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada namoyishga qo‘yishni rejalashtirgan. Tijoriy mahsulot esa eng kamida besh yildan ishlab chiqariladi.