EHTIYOT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!

  •   DiMaX
  •  2093
  •  16.06.2020 12:33

EHTIYOT BO‘LING: Android 11 Beta’ni ushbu smartfonlarga o‘rnatish xavfli!

Google sakkizta smartfon uchun Android 11 tizimining ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshladi. Bu orada Xiaomi mazkur apdeyt o‘zining qaysi modellariga kelishini aytgan bo‘lsa, OnePlus maqtanib ham o‘tirmasdan flagmanlarini yangiladi. Shuningdek...

O‘QING: Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

Lekin ilk ommaviy Android 11 Beta talqinini o‘rnatib olgan ayrim foydalanuvchilar o‘z smartfonlarida muammolar yuzaga kelganini aytishmoqda. Kamchiliklar hozircha asosan turli rusumlardagi Google Pixel telefonlarida, shuningdek, OnePlus 8 hamda OnePlus 8 Pro flagmanlarida uchragan. Umuman olganda, o‘zi boshqa kompaniyalarning qurilmalariga bu apdeyt to‘laqonli tarqatilgani ham yo‘q-da.

Xullasi kalom, Android 11 Beta talqinigacha yangilangan smartfonlarda kamera ishdan chiqib qolyapti, shuningdek, kontaktsiz to‘lovlar ishlamayapti. Foydalanuvchilar hozircha buning yechimini topa olmasdan, smartfonlarining proshivkalarini Android 10’ga qaytarishyapti.

Shunday ekan, yangi avlod operatsion tizimining ilk beta-versiyasini asosiy ishlatayotgan smartfoningizga hozircha o‘rnatmay turganingiz ma’qul. Zero, boshqa smartfonsozlarning turli qurilmalarida ham u yuqoridagi kabi «qiliq»lar qilishi mumkin.

O‘QING: Android 11 uchun Google nimalarni iOS’dan olgan?