Ehtiyot bo‘ling: Android’ni «o‘ldiruvchi» oboylar tarqaldi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2014
  •  01.06.2020 14:53

Ehtiyot bo‘ling: Android’ni «o‘ldiruvchi» oboylar tarqaldi! (+«jonli» video)

Qurilmalarning ish faoliyatini buzuvchi «matnli bomba»lar – muayyan belgilar tizmalari haqida yozganmiz. Endi esa ana shunday ziyonkor rasmlar ham paydo bo‘lgan.

O‘QING: Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

Internetda tarqalgan ayrim yangi suratlarni Android-smartfonlarga oboy tarzida o‘rnatsa, qurilma cheksiz o‘ichib-yonish holatiga tushib qolyapti. Bu muammoni faqatgina smartfon sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish yo‘li bilan hal etishyapti, bunda esa undagi barcha ma’lumotlar yo‘qolib ketadi.

Mazkur muammo haqida Android Authority, 9to5google, Engadget kabi bir nechta nashrlar yozishmoqda. Quyida esa ushbu jarayonga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Internet foydalanuvchilarining xabarlariga ko‘ra, ushbu xatolik Google Pixel, Nokia, Samsung, Xiaomi, OnePlus va boshqa ko‘plab kompaniyalarning gadjetlarida kuzatilmoqda.

O‘QING: Samsung smartfonlariga noma’lum «kasallik» tushdi – yangilanishlarni o‘chirib qo‘ying!

Taniqli insayder Ice Universe esa ushbu muammoga Samsung e’tibor qaratgani va o‘z smartfonlarining navbatdagi yangilanishida buni bartaraf etishini aytgan:

Bundan keyin Android-smartfonlarga ziyon yetkazuvchi shu kabi suratlar ko‘payishi mumkin. Shu sababli biror oboy, zastavka, dastur yoki boshqa narsalarni faqat ishonchli manbalardan olib o‘rnatishni tavsiya etishmoqda.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!