Ehtiyot bo‘ling: bank xakerlari harakatda

  •   Saroy
  •  458
  •  15.09.2018 10:22

Ehtiyot bo‘ling: bank xakerlari harakatda

Xavfsizlik ekspertlari keyingi paytlari banklarning Asacub troyanasi ancha faollashib qolganini fosh etishdi. Ushbu virus smartfonlarni ishdan chiqaradi va bank kartalaridan pul o‘g‘irlaydi. 98 foizlik holatlarda xakerlar qurboniga rossiyaliklar duchor bo‘lmoqda. Lekin bu “vabo” boshqa mamlakatlarga ham bemalol o‘tishi mumkin. Hozirgacha 225 mingta qurilmaga virus yuqqan. Har kuni hujumga duchor bo‘lganlar soni 40 mingtaga ko‘paymoqda, deb xabar qiladi «Kaspersk laboratoriyasi».

Mazkur virus an’anaviy fishing tuzilishida tarqalmoqda. Alohida bir raqamlar  bazasiga fotografiyani yuklab olish yoki MMS qabul qilib olish uchun sayt manzilining havolasi berilib  SMS jo‘natiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ushbu saytda o‘rnatgich APK-fayli virusi bilan bo‘ladi. Xakerlar hatto alohida har bir kishiga xabar jo‘natishni ham o‘rganib olishgan, buning uchun virus tekkan foydalanuvchilarning kontaktidan foydalanishadi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling! Xakerlar router orqali ham pul o‘g‘irlashni o‘rganib olishdi

O‘rnatilgandan keyin virus qurilma haqidagi ma’lumotni xakerlar serveriga o‘zatadi. Bular, smartfon modeli, operatsion tizim versiyasi va operator nomi. Shundan keyin troyan telefon raqamiga ulab qo‘yilgan bank kartasidan pul o‘g‘irlashga urinib ko‘radi. Buning uchun bank SMS orqali pul o‘tkazmalarni qo‘llab quvvatlasa bo‘ldi.

Aksariyat hollarda virus operatsiya uchun kodli tasdiqlovni tutib olish imkoniga ega bo‘ladi, shunday ekan jabrlanuvchi to bank kartasidan pul yo‘qola boshlagunga qadar uzoq vaqt hech narsani sezmay yurishi mumkin. Qolaversa, karta egasi hisobini uzoq vaqt tekshira olmasligi uchun smartfonda barcha bank ilovalari bloklanadi.

O‘QING:15 millionta bank kartasini o‘g‘irlagan shovvozlar: ukrainalik xakerlar guruhi qo‘lga tushdi

Bunday paytda xavfsizlik qoidasi juda oddiy va oson. Birinchi navbatda, sozlagichda chetdan ilovalarni o‘rnatishni ta’qiqlash lozim. Notanish raqamdan va notonish pochta manzilidan xabar orqali kelgan havolaga o‘tish kerak emas. Firibgarlar ko‘p hollarda pul o‘g‘irlash uchun fishingdan foydalanishadi. Yana bir maslahat: yangi ilova qanday tartiblarni joriy qilishni talab qilayotganini juda e’tibor bilan kuzatib borish lozim (ayniqsa, u qurilma administrator maqomida talab qilinganda).

O‘QING:AQSh harbiy sun’iy yo‘ldoshlari tizimini havaskor xakerlar ham buza oladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!