Ehtiyot bo‘ling: internetda AliExpress nomi bilan yuzlab qalbaki saytlar faoliyat olib bormoqda

  •   Saroy
  •  762
  •  29.10.2018 17:07

Ehtiyot bo‘ling: internetda  AliExpress nomi bilan yuzlab qalbaki saytlar faoliyat olib bormoqda

Ekspertlar mashhur AliExpress maydonchasiga o‘xshash 300 ta internet-resurslarni topishdi. Bu haqda Hi-Tech Mail.ru’ga  Group-IB guruhi ma’lum qilgan. Bularning barchasi AliExpress nomidan foydalanib pul topmoqchi bo‘lgan tovlamachilarning sayt nusxalaridir. Unchalik aniq bo‘lmagan nusxalar esa bundanda ko‘proq, ularning soni bir necha mingdan oshadi.

Jinoyatchilar «AliExpress» nomi bilan fishingli  saytlarini ishga tushiradi va pul, login, parol va  bank kartalarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadi. 

Shunga o‘xshash sayt-nusxalar yordamida jinoyatchilar nafaqat o‘zgalarning jamg‘armalarini o‘g‘irlaydi, balki kontrafakt xizmatlar va mahsulotlarni ham sotishi mumkin. Group-IB hisob kitobi bo‘yicha, xarid qilingan qalbaki tovarlarning har beshinchisi aynan internet orqali sotib olingan.

Firibgarlar sayt, logotiplar, ranglar, slogonlardan nusxa oladi, ularni shunga o‘xshash domen nomiga qayd etadi. «Biz o‘rganib chiqqan shubhali resurslarning aksariyati aliexpress nomining turli variantini o‘zida aks etgan domen nomlariga ega edi, — deydi Group-IB ekspertlar guruhi rahbari Ilya Rojnov. Bu xaridorlarni jalb qilish uchun qilinadi».

O‘QING: Yana hujum: Google Play’da o‘nlab qalbaki bank ilovalari fosh bo‘ldi

Odamlarni nafaqat tanish dizaynlar chalg‘itadi, hatto reklamalar ham adashtirib yuboradi. Gap shundaki, fishing saytlarni ham  xuddi qonuniy saytlarga o‘xshatib reklama qilishadi. Banner reklamalar o‘rnatiladi, izlashni osonlashtiradi, ijtimoiy tarmoqda ilgari suradi. Shunday qilinadiki, jinoyatchilar uni xuddi qonuniy do‘kon qilib ko‘rsatadi.

O‘QING: «UZ» domenidagi saytlar soni 26 mingga yetdi

Bunday qalbaki saytlarga kuniga birgina Rossiyaning o‘zidan 200 ming kishi kirar ekan.

Bunday qalbaki saytlarni aniqlash uchun birinchi navbatda e’tiborni brauzerdagi manzilli satrlarga qarating. Agar sayt nomida uchta yoki bir nechta nuqta bo‘lsa, yaxshisi bunday sayt orqali hech narsaga buyurtma bermang. Rasmiy saytni qidiruv tizimidan topishga harakat qiling.

Saytning haqiqiyligini bilishning boshqacha usuli ham bor. O‘zingizning shaxsiy kabinetingizga kirishga urinib ko‘ring, agar siz avval xarid qilgan bo‘lsangiz, demak sizga akkaunt ochilgan bo‘ladi. Qalbaki sayt sizni kiritmaydi va ro‘yxatdan o‘tishni so‘roydi  yoki shunchaki xato ko‘rsatadi.

Turli aksiyalar va narx tushirish e’lonlriga ishonmaslik kerak, shuningdek buyurtmaga oldindan to‘lovlarni ham amalga oshirmang. Internetdan xarid qilish uchun alohida kartangiz bo‘lsa yanayam yaxshi bo‘lardi, chunki kartada hamma pulingiz emas, balki aynan xarid uchun chegaralangan miqdorda mablag‘ingiz turadi.

O‘QING: Chrome 56 xavfli saytlar haqida ogohlantiradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!