Ehtiyot bo‘ling! Internetda firibgarlik ko‘paymoqda

Ehtiyot bo‘ling! Internetda firibgarlik ko‘paymoqda

Internet-resurslar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Bosh boshqarmaning Jinoyat qidiruv bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina fuqarolari tomonidan olx.uz da amalga oshirilgan firibgarlik xolati (ismlar o‘zgartirilgan tarzda) misol qilib keltirildi:

“Joriy yilning 13 iyunida Nikolay Tarasov Toshkent shahridagi GUVD ga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, olx.uz​ saytida “Epika” rusumli avtomobilni sotish bo‘yicha reklamani ko‘rgan. E’lon muallifi o‘zini Ukraina fuqarosi sifatida tanishtiradi. U avtomobil O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganini va agar N. Tarasov o‘zining to‘lov qobiliyatini tasdiqlasa, u O‘zbekistonga mashinani olib borib berishini ma’lum qilgan. Buning uchun Nikolay xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali o‘z nomiga 4000 AQSh dollari miqdorida pul jo‘natib, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali transfer ma’lumotlarini ko‘rsatishi kerak edi. N. Tarasov bu shartlarning barchasini bajarganidan so‘ng, firibgar Tarasovning shaxsiy guvohnomasini qalbaki nusxasini tayyorlab, pulni yechib oladi va u bilan yozishmalarini to‘xtatadi".
 
Boshqarma xabarida yana bir misol keltirilgan va fuqarolardan begonalarga to‘lov tizimlari orqali pul o‘tkazishda va onlayn-do‘konlarda xarid qilishda ehtiyot bo‘lish so‘ralgan. Internetda noma’lum shaxs tomonidan taqdim etilgan shartlarga rozilik berishdan oldin, bank muassasalarining mutaxassislari bilan maslahatlashish tavsiya etilgan. 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!