Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchunchi shaxs ham eshityapti

  •   Saroy
  •  2087
  •  07.06.2018 10:27

Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchunchi shaxs ham eshityapti

Ko‘chada ketayotganingizda kimdir sizni kuzatib turgandek tuyulganmi? Shunda o‘zingizni qanday tutgansiz, juda noqulaymi? Endi  tasavvur qiling: siz yaqin kishingiz, sirdoshingiz yoki shunchaki tanishingiz bilan telefonda suhbatlashyapsiz, ehtimol,  biznes hamkoringiz bilan kelgusi rejalarni belgilab olayotgandirsiz, albatta bu suhbatlar o‘rtangizda qolishi kerak, uchunchi shaxsning guvoh bo‘lib turishi hayolingizga ham sig‘maydigan bir hol bo‘lib ko‘rinadi. Afsuski, suhbatingizni begonalar ham eshitsa bo‘larkan. Ishonavering! Buni hatto,  Kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi Asterix firmasi mutaxaslari ham tasdiqlayapti.

Mazkur firma  tadqiqotchisi Piter Xenvey smartfonlarni mikrofon qurilmasi orqali eshitish usullari haqida gapirib berdi. Uning ta’kidlashicha, bu slov-triggerlarni o‘rnatish orqali yuz beradi. Piter Xenvey eng ko‘p «josuslik» qilayotganlar orasida, egalarining ijozatisiz ular haqidagi ma’lumotlardan foydalanayotgan Facebook’ning ijtimoiy tarmoqlari servislarini alohida ta’kidladi.

O‘QING: iPhone’ingiz kamerasi va mikrofoni orqali qaysi ilovalar sizni kuzatayotganini bilasizmi?

Smartfonni xufyona eshitishni  maxsus so‘z-triggerlar faollashtiradi, deydi Piter Xenvey.

Aksariyat ilovalar mikrofon qurilmasini ishlatishni talab qiladi, biroq, turli bir-biriga zid fikrlarga qaraganda, eshitilgan gaplarni uchunchi shaxsga uzatmaydi. Ma’lumotlarni yozish va qayta ishlash ko‘p hollarda slov-triggerlarni ishlatganingizdan keyin boshlanadi (masalan, «Salom, Siri», «Okey, Google» va shungao‘xshash). Mutaxassisning fikricha, bunday mexanizmlar boshqa ilovalarda ham ishlashi mumkin.

Uning ta’kidlashicha,  Facebook yoki Instagram smartfon egasining suhbatini tahlil qilishda minglab slov-triggerlarni ishlatishi mumkin. «Bu marketing nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiq, deb qaraladi, qonun va bitimlar bunday mahsulotlarni foydalanishga izn beradi, shu bois mening tushinishimcha,  ular bu ishni qila oladi, biroq buni tekshirib ko‘rishning imkoni yo‘q», — deya, aniqlik kiritdi u.

O‘QING: Apple kompyuterlarini josuslikda ayblashyapti

Ekspertdan intervyu olgan Vice jurnalisti ushbu nazariyani haqiqatdan holi emasligiga shubha qilmadi va o‘zicha sinab ko‘rdi. U besh kun davomida josuslik mexanizmi uchun “ilib olsa bo‘ladigan” iboralarni qaytarib turdi. Suhbatdoshlar ko‘proq o‘zlarining ijtimoiy  mavqeyiga mos iboralarni, jumladan ta’lim olish maskanlari va arzon keyim-kechaklar xarid qilish haqida suhbatlasha boshlashdi. Ishonasizmi, kutilmaganda, yangiliklar lentasida turli o‘quv yurtlari va unchalik qimmat bo‘lmagan kiyim-kechaklar haqidagi reklama paydo bo‘ldi. Xo‘sh, buni qanday tushunish mumkin?

Piter Xenveyning ta’kidlashicha, birorta ham kompaniya  to‘plangan ma’lumotlarni o‘zi mustaqil ravishda qayta ishlamasdan turib,  reklama beruvchilarga sotmaydi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlarning maxsus xizmat idoralari uchun ham qimmati yo‘q, bunday  ma’lumotlar asosan reklama e’lonlarini ilgari surish uchun ishlatiladi.

O‘QING: Yesa bo‘ladigan josuslik banan-telefoniga patent olindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!