Ehtiyot bo‘ling: “ko‘rinmas” Android-troyan

Ehtiyot bo‘ling: “ko‘rinmas” Android-troyan

“Doctor Web” jamoasi Android platformasida ishlaydigan qurilmalarga hujum qilayotgan yangi zararli dasturni aniqladi, deb yozmoqda 3D News.

Android.Skyfin.1.origin nomli ushbu dastur qurilma tizim katalogiga yashirincha zararli kodlarni o‘rnatadigan boshqa troyan viruslar yordamida yuklab olinadi (root-huquq olish paytida).  Skyfin ishga tushgach, Play Market protsessiga smartfon identifikatori va foydalanuvchi hisob qaydiga doir ma’lumotlarni o‘g‘irlaydigan qo‘shimcha modulni joriy qiladi. Shundan keyin mazkur ma’lumotlar boshqaruvchi serverga yuboriladi.

Virusning asosiy vazifasi ba’zi ilovalarning ommabopligini sun’iy ravishda oshirish uchun Google Play’dan ularni yuklab olishdan iborat. Qizig‘i shundaki, u ilovani qurilmaga o‘rnatmaydi, balki xotira kartasiga saqlab qo‘yadi. Shuning uchun qurilma egasi yuklab olingan ilovalardan bexabar qolaveradi.

Hozircha virusdan zararlangan qurilmalar soni ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!