Ekologiya bo'yicha eng yaxshi va yomon smartfon ishlab chiqaruvchilari reytinggi e'lon qilindi

Ekologiya bo'yicha eng yaxshi va yomon smartfon ishlab chiqaruvchilari reytinggi e'lon qilindi

Smartfon ishlab chiqarish atrof-muhitga juda katta zarar keltiradi. Masalan, ekranlar va dinamiklar kabi smartfonlar qismlarida ishlatiladigan skandiy, terbiy va neodimiy kabi noyob metallarni qazib olishning o'zi juda katta ifloslanishlarga sabab bo'ladi. Yerdan qazib olingandan keyin esa ular tozalanishi kerak — bu katta miqdordagi uglerod chiqindilarini keltirib chiqaradigan juda yomon kimyoviy ishlov berish jarayonlarini o'z ichiga oladi.

Shuning uchun ham so'nggi yillarda Apple, Samsung, Google va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining yangi smartfonlarida qayta ishlasa bo'ladigan xomashyolardan foydalanishmoqda va tabiatga ko'proq do'stona munosabatda bo'lishga harakat qilishmoqda. Xo'sh, ularning qaysi bir bu borada yaxshi natijalarga erishmoqda?

Green Smartphones tabiatga do'st bo'lgan va bo'lmagan top 11 smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytinggini e'lon qildi. Natijalar quyidagi baholash mezonlariga asoslangan:

  • To'g'ridan-to'g'ri issiqxona gazlari emissiyasining o'tgan yilga nisbatan ko'payishi/kamayishi
  • Kompaniyaning aniq uglerod neytralligiga erishish maqsadi bor yoki yo'qligi
  • Kompaniyaning issiqxona gazlari emissiyasini nolga tushirish maqsadi
  • Plastik qadoqlashni qisqartirish
  • 100% qayta tiklanadigan (quyosh yoki shamol) elektr energiyasidan foydalanish
  • Qayta ishlangan chiqindilar ulushi
  • Chiqindixonadan qancha chiqindilarni qayta ishlashni maqsad qilgani
  • Qayta ishlangan materiallar foizi
  • Qayta ishlangan qurilmalar soni yoki og'irligi

Har bir mezon uchun 0, 0.5, 1, 1.5 yoki 2 ball berilgan.

Reytingga ko'ra, Apple 9 ball bilan eng yuqori o'rinni egallagan. Ta'kidlash joizki, kupertinolik kompaniyaning iqlim o'zgarishiga qattiq ta'sir qiladigan issiqxona gazlarini chiqarishi o'tgan yilgidan deyarli -10 foizga pasaygan va kompaniya ushbu ko'rsatkichni 2030-yilgacha nolga tushirishni maqsad qilgan.

Faxrli ikkinchi o'rinni o'zining 100% qayta ishlangan alyuminiy (va ba'zi plastiklardan) foydalani ishlab chiqarilgan Pixel'lari bilan Google kompaniyasi band qilgan.

Top uchlik o'tgan yili 70,000 tonna qurilmalarni qayta ishlagan kompaniya, Sony yakunlangan.

To'rtinchi o'rinni esa 4.5 ball bilan Samsung egallagan bo'lib, Janubiy Koreya kompaniyasi 95% chiqindilarni qayta ishlagan.

Keyingi o'rinlarni mos ravishda Vivo, Huawei, Oppo, Alcatel, Motorola egallagan. Xiaomi top o'nlikka zo'rg'a kirib olgan bo'lsa, OnePlus eng oxirgi 11-o'rinni egallagan.

Green Smartphones'ning qo'shimcha qilishicha, bozorda yuqoridagi ro'yxatdagilardan ham yaxshiroq ishlaydigan Fairphone kabi kompaniyalar mavjud, lekin ularning bozor ulushi kam bo'lganligi sababli katta kompaniyalarning ekologik samaradorligini baholash muhimroqdir.

O'QING: Dunyo miqyosida kompyuterga bo‘lgan talab tushib ketmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!