«Ekonazorat» ilovasi va Telegram-boti ishga tushadi: xabar berib pul olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  2791
  •  25.01.2021 08:51

«Ekonazorat» ilovasi va Telegram-boti ishga tushadi: xabar berib pul olishingiz mumkin!

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasida jismoniy shaxslarning ishtirokiga doir «Ekonazorat» axborotlashtirish tizimi ishlab chiqildi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Qayd etilishicha, yangi axborot tizimini 2021 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, axborot tizimidagi mobil ilova va Telegram-bot quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • jismoniy shaxslar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (foto va video materiiallar)ni Davlat ekologiya qo‘mitasiga manzil (lokatsiya) belgilari bo‘yicha yuborish;
  • huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarga pul mukofotlarini to‘lash;
  • 2021 yil dekabr oyidan boshlab hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’yektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashuvi bo‘yicha davlat kadastri va ularning monitoringi to‘g‘risida ma’lumotlardan ochiq foydalanish va boshqalar.

«Ekonazorat» axborotlashtirish tizimi 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab butun mamlakat hududida uzluksiz ishlashini ta’minlash belgilangan.

O‘QING: ID-karta – universal pasport: barcha ma’lumotlar bitta kartada (+videoqo‘llanma)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!