Ekran yon tomonlari egilgan iPhone 14 Pro Max ko'rganmisiz?

Ekran yon tomonlari egilgan iPhone 14 Pro Max ko'rganmisiz?

Odatda ko'plab Android smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining flagmanlarini yon tomonlari bilan egilgan ekran bilan chiqarishadi, lekin Apple haqida bunday deb bo'lmaydi. Tinib-tinchimagan muhandis esa kupertinolik kompaniyani kutib o'tirmadi va uning o'zi yon tomonlari egilgan ekranli iPhone smartfonini yaratdi.

Twitter'da "fix Apple" taxallusli xitoylik muhandis displey yon tomonlari egilgan iPhone 14 Pro Max smartfonini yaratganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, u bu natijaga erishish uchun smartfonning o'rta ramkalarini o'zgartirgan.

Videodan smartfon benuqson ekanligini va ekran ishlayotganligini ko'rish mumkin. Dinamik orol ham joyida. Afsuski, bunday eksklyuziv xizmat narxi ma'lum qilinmagan.

O'QING: Xitoylik texnoblogerlar buklanadigan iPhone yaratishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!