Ekrani kattalashtirilgan – keyingi avlod Apple Watch’ni tomosha qilamiz

  •   DiMaX
  •  920
  •  14.04.2018 10:17

Ekrani kattalashtirilgan – keyingi avlod Apple Watch’ni tomosha qilamiz

Kupertinolik korporatsiya bu yil kuzda o‘zining navbatdagi avlod «aqlli» soatini rasman namoyish etilishi kutilayotir. KGI Securities kompaniyasi yetakchi tahlilchisi Ming-Chi Kuo bergan ma’lumotga qaraganda, Apple Watch Series 4 yangi dizaynda taqdim qilinadi.

Taxminlarga ko‘ra, Apple bu yil o‘z smart-soatining dizaynini o‘zgartiradi. Bu asosan displeyga tegishli – uning o‘lchami 15–20 foizga kattalashadi.

O‘QING: Apple Watch ham endi kamera va Face ID’ga ega bo‘ladi

PhoneArena nashri jurnalistlari esa, Ming-Chi Kuo prognoziga tayangan holda, to‘rtinchi avlod Apple Watch’ning ekrani qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘rishdi. Mana, ularning xayolot mahsuli quyidagi animatsion suratda aks etgan:

Tasvirda ko‘rib turganimizdek, displeyning kattalashuvi uning atrofidagi romlarning yupqalashuvi evaziga amalga oshiriladi.

Lekin Ming-Chi Kuo fikricha, Apple Watch Series 4 modelidagi o‘zgarishlar faqat displeyning kattalashuvi bilangina cheklanib qolmaydi. Tahlilchining ta’kidlashicha, «olmali» smart-soatlarning dizayniga boshqa jiddiy yangilanishlar ham kiritiladi. Ularni endi sentyabrda batafsil ko‘rsak kerak.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.