Ekrani yoqiq holdagi Xiaomi Mi 11 Pro’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1514
  •  25.11.2020 16:38

Ekrani yoqiq holdagi Xiaomi Mi 11 Pro’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Dekabrda taqdim etiladigan Snapdragon 875 protsessori bazasidagi ilk xitoylik smartfon Xiaomi Mi 11 flagmani bo‘lishi kutilmoqda. Biz uning yanada ilg‘or versiyasi – Mi 11 Pro haqida ham bir qator ma’lumotlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi uchinchi chorakda rekord darajada ko‘p smartfon sotdi

Bu smartfonlar haqida insayderlik xabarlari ko‘p chiqayotgandi, Slashleaks sayti esa Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining birinchi «jonli» suratini e’lon qildi. Har holda, quyidagi rasmda aynan shu model aks ettirilgan, deyishyapti:

Tarmoq informatorlari bergan ma’lumotlardagi singari, romsiz displeyning chetlari qayrilgan, yuqori chap burchagida old kamera tirqishi bor.

Xiaomi Mi 11 Pro smartfonining bosh kamerasida naq 108 megapiksellik asosiy datchik qo‘llanadi. Lekin uning ikkinchi – o‘ta keng burchakli moduli ham zo‘r bo‘ladi – 48 megapiksellik datchik, piksellar o‘lchami esa 0,8 mkm.

O‘QING: Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!