Ekranni turli qirilish-chizilishlardan tozalashning 6 uslubi

Ekranni turli qirilish-chizilishlardan tozalashning 6 uslubi

Gadjet ekrani qirilishi — bu, albatta, barcha uchun taalluqli bo‘lgan mavzu. Endigina sotib olingan texnikada bir hafta o‘tar-o‘tmay turli chizilish va qirilishlar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Bu tozalik va tartib ixlosmandlari esa uchun yoqimsiz vaziyat. Yaxshi-ki, ekranni turli qirilish-chizilishlardan tozalashning ma’lum uslublari mavjud. Hozir aynan mana shu muammoning oltita oddiy va oson yechimi haqida ma’lum qilmoqchimiz.

1. Tish pastasi. Uyimizda eng tez topiladigan narsa aynan tish pastasi, desak mubolag‘a emas. Faqat uning gelli varianti emas, balki toza tish pastasi ekaniga ahamiyat berish kerak. Xo‘sh, qanday tozalanadi: a) Momiq tibbiy paxta(tampon) yoki yumshoq mato ustiga tish pastasini siqasiz.

b) Ekranning qirilgan yoki chizilgan qismini aylanma harakat ko‘rinishida ehtiyotkorlik bilan artasiz.

v) Ekrandagi tish pastasi qoldiqlarini esa nam mato bilan yaxshilab tozalab tashlaysiz.

2. Qirilishlarni tozalash uchun maxsus avtomobil kremi. Bu muammoni hal qilishda avtomobilning ustki qoplamasidagi qirilish-chizilishlarni tozalash uchun maxsus kremlar, masalan, Turtle Wax, 3M Scratch va Swirl Remover kabilar yordam berishi mumkin. Uslub oddiy: Ana shunday kremni yumshoq matoga surtib, aylanma harakat bilan ohista artib chiqasiz.

3. Jilvir qumqog‘oz (najdak) yoki silliqlash dastgohi. Kutilmagan uslub. Shundaymi? Ammo bu ham bir uslub. Ekranni tozalashda jilvir qumqog‘ozning kichik bo‘lagi kifoya qiladi. Ammo bir oz tavakkal ish. Shuning uchun buni avval aynan shunday boshqa sirtda sinab ko‘rgan ma’qul.

4. Oziq-ovqat sodasi. Iste’mol sodasi ham muammoni bartaraf etishda yaxshi samara beradi. Ya’ni sodani suv bilan aralashtirib, qo‘yiq pasta xoliga keltirish va uni yumshoq mato ustiga surtib, ekranning qirilgan yoki chizilgan qismini aylanma harakat bilan artish talab etiladi. Shundan so‘ng, nam mato bilan ekranni soda qoldiqlaridan tozalash zarur.

5. Bolalar sepki kukuni (prisipka). Bolalar sepki kukuni ham muammoga yechim bo‘lishi mumkin. Uni ham suv bilan aralashtirib, yuqorida aytilgan yo‘sinda tozalash kerak.

6. O‘simlik yog‘i. Gadjet ekranidagi mayda qirilishlarni tozalashda o‘simlik yog‘i ham yaxshi foyda beradi. Bir tomchi yog‘ bilan bemalol ekranni chiroyli ko‘rinishga keltirish imkoni mavjud.

Umid qilamiz-ki, mazkur oddiy tavsiyalar har ko‘zingiz tushgan chog‘da g‘ashingizni keltiradigan ekrandagi turli qirilish va chizilishlarni bartaraf etishga ko‘mak beradi.