Ekranosti kamerali birinchi smartfonning «jonli» rasmlari va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  991
  •  14.08.2020 09:46

Ekranosti kamerali birinchi smartfonning «jonli» rasmlari va xususiyatlari

Kuni kecha ZTE kompaniyasi kutilmaganda yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni e’lon qilgan edi. Uning taqdimoti yaqin, shekilli – qurilmaning suratlari va rasmlari TENAA regulyatorida qayd etildi.

O‘QING: CES 2020: «Yashirin kamera»li ilk smartfonni kutilmagan kompaniya namoyish qildi (+video)

So‘nggi xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, bu smartfon nomi ZTE A20 5G bo‘lib, Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Kompaniya uni 6, 8 va 12 gigabaytlik tezkor va 64, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotira bilan chiqaradi.

Gadjetning ekrani OLED texnologiyasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, o‘lchami diagonaliga 6,92 dyuymlik, unda tasvir aniqligi esa 2460x1080 piksellikdir. Displeyning ortiga yashirilgan selfi-kamera 32 megapiksellik datchikka ega.

Android 10 operatsion tizimli ZTE A20 5G modelining akkumulyatori 4120 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

O‘QING: Amerikaliklar eng ko‘p qaysi smartfonlarni xarid qilishyapti?

ZTE A20 5G bosh kamerasi to‘rt modulli: 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat.

Qurilmaning korpus o‘lchami 172,1x77,9x7,9 millimetrga, vazni esa 198 grammga teng. ZTE A20 5G taqdimoti shu avgust oyidayoq bo‘lib o‘tadi, lekin sanasi va smartfonning narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.