Ekranosti kamerali dunyodagi ilk smartfonni indingayoq ko‘ramiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  1979
  •  24.06.2019 11:22

Ekranosti kamerali dunyodagi ilk smartfonni indingayoq ko‘ramiz! (+video)

Shu oyning boshida Xiaomi kompaniyasi Mi 9 (sotib olish) smartfoniga displeyi ostiga yashirilgan old kamerani «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgandi. Yana bir smartfonsoz – Oppo ham shu kuniyoq aynan shunday texnologiyaga ega smartfon prototipining «jonli» videosini tarqatdi.

O‘QING: Oppo barchani dog‘da qoldirib, ekranosti kamerali ilk smartfonni namoyish etyapti!

Sermahsul smartfonsozlardan sanalmish Oppo ushbu texnologiyasini Xitoyda, joriy yilning 26–28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 Shanghai ko‘rgazmasida namoyish etmoqchi.

Hozircha mazkur qurilma qaysi modeldagi smartfon bo‘lishi hamda uning boshqa texnik xususiyatlari noma’lum. Ammo taniqli insayder Mukul Sharma mazkur smartfonga bag‘ishlab tayyorlangan qisqa rolikni Twitter orqali e’lon qildi:

Ko‘rganingizdek, videorolikda smartfonlarning selfi-kameralari evolyusiyalari qisqacha namoyish etilgan. Yana undan anglashilishicha, Oppo yangi mahsulotida yashirin kamerani displeyning yuqori qismi o‘rtasiga joylaydi. Avtoportret rejimida uning atrofida taymerni aks ettiruvchi halqasimon animatsiya paydo bo‘ladi.

O‘QING: Oppo dunyodagi ilk - ham bukiluvchan, ham kamerasi korpusdan chiquvchi smartfonni patentladi! (+Render)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.