Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfonni to‘rtta rangda rasman ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  866
  •  24.08.2020 14:11

Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfonni to‘rtta rangda rasman ko‘rsatishdi!

ZTE kompaniyasi 1 sentyabr kuni old kamerasi displeyning ortiga yashirilgan birinchi smartfonni taqdim etadi. Kuni kecha Axon 20 5G rusumli bu qurilmaning rasmiy surati va ilk reklama videosi chiqqan edi.

O‘QING: Dimensity 800 chipida ishlovchi ZTE Axon 11 SE 5G smartfoni taqdim qilindi

Kompaniya endi ushbu smartfonini reklama posterida har ikki tomonidan ko‘rsatdi. Axon 20 5G ekranida selfi-kamera uchun tirqish ham, kemtik ham yo‘q – 32 megapiksellik datchik bevosita displeyning ortiga joylangan.

Smartfonning orqa panelida esa to‘rtburchak blokka olingan to‘rtta kamera datchigi va fotochaqnoqni ko‘ramiz. U yerdagi yozuvga ko‘ra, kvadrokameraning bosh moduli 64 megapiksellik aniqlikka ega. Sizib chiqqan ma’lumotlarga ishonsak, qolgan sensorlar 8 + 2 + 2 megapiksellik.

Rasmiy posterdan anglashilganidek, Axon 20 5G kamida to‘rt xil – qora, ko‘k, pushti va binafsha rangli korpuslarda taklif etiladi. ZTE uni Snapdragon 765G protsessori bazasida tayyorlagan va diagonaliga 6,92 dyuymlik, aniqligi 2460x1080 piksellik OLED-ekran bilan jihozlaganligi aytilmoqda.

Android 10 operatsion tizimli Axon 20 5G akkumulyatorining tok sig‘imi 4120 mA/soatga teng. Kompaniya uni 6/8/12 gigabaytlik tezkor va 64/128 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taqdim qiladi, yangiliklarni Terabayt.Uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: OnePlus kompaniyasi «Gazak» va «Lag‘mon» ortidan endi «Kabob» tayyorlayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!