EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1120
  •  10.03.2021 14:22

EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Samsung kechagina navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini e’lon qildi. Janubiy koreyalik texnogigant ushbu marosimda Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

Shu paytgacha insayderlar bu ikki modelning texnik jihatlari haqida ma’lumotlarni va ularning suratlarini ulashib kelayotgan edilar. Endi esa Galaxy A52 5G gadjetining anboksing videosi ham chiqdi!

Keling, biryo‘la videolavhani tomosha qilib qo‘yaqolamiz:

Bestseller bo‘lishi kutilayotgan ushbu hamyonbop smartfonning 4500 mA/soatlik akkumulyatori 25 vattgacha quvvat bilan zaryadlana oladi, ammo qadog‘iga 15 vattlik quvvatlagich solingan ekan.

Eslatib o‘tamiz, bu hamda Galaxy A72 smartfonlari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan – tegishlicha Galaxy A52 4G va Galaxy A72 4G talqinlarida ham chiqadi. Har ikkala smartfonning 5G-versiyalari Snapdragon 750G chipseti, 4G-versiyalari esa Snapdragon 720G protsessori bazasiga qurilgan.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!