EKSKLYuZIV: iPhone 12’ni birinchi marta «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1644
  •  26.08.2020 13:33

EKSKLYuZIV: iPhone 12’ni birinchi marta «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Apple korporatsiyasi kuni kecha iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimot sanasini bilmasdan oshkor etib qo‘ygan edi. Endi esa yangi avlod ayfonining ishlayotgan holatidagi ilk videolavhasi ham internetga chiqdi!

O‘QING: iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

Slashleaks sytida e’lon qilingan mazkur videorolikda iPhone 12 smartfoni sozlamalar menyusining ayrim qismlari ko‘rsatilgan. Unga qarab, yangi avlod ayfonlarining ba’zi xususiyatlariga guvoh bo‘lamiz.

Jumladan, smartfonda foydalanuvchilar kameraning turli ish rejimlarini ipidan-ignasigacha sozlay olishlarini ko‘rishimiz mumkin. Suratga tushirishda tungi rejim, soniyasiga 120 va 240 kadr tezligida 4K-video olish, faol shovqin to‘sish, zum kabi imkoniyatlar ham bor. Shuningdek, bosh kameradagi lazerli lidar (LiDAR) datchigini o‘chirib yoki yoqib qo‘yish mumkin.

Muhim jihatlardan yana biri – yangi ayfonning Pro-versiyalarida displeyda tasvirning 120 gerslik yangilana olishidir. Ekranning tepa qismida an’anaviy tarzda ulkan kemtik ochilgan – u yerga old kamera va boshqa datchiklar o‘rnatilgan.

O‘QING: Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!