EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  1116
  •  06.09.2018 16:56

EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

Qayishqoq displeyga ega buklama smartfon yaratish borasida bir qator kompaniyalar harakat qilayotganidan xabaringiz bor. Xitoylik texnogigant bunda BOE Technology kompaniyasi hamkorlik qilayotgani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Huawei’ning inqilobiy buklama smartfoni allaqachon ishlab chiqarish jarayonida!

Xullasi kalom, BOE Technology kompaniyasining qayishqoq ekrani bilan jihozlangan buklama smartfon «jonli» namoyish etilgan videolavha internetda tarqalmoqda. Aftidan, bu lavha IFA 2018 ko‘rgazmasida suratga olingan bo‘lsa kerak. Ushbu rolikni mashhur insayder Bendjamin Geskin (Benjamin Geskin) o‘z Twitter-akkaunti orqali e’lon qilgan.

Ko‘rib turganingizdek, Android operatsion tizimi o‘rnatilgan ushbu smartfon protototipi to‘liq ish holatida namoyon bo‘lgan. Uning ekrani diagonaliga 5,99 dyuymlik bo‘lib, tasvir sifvati Full HD+ formatida.

Aytish kerakki, janubiy koreyalik texnogigant ham o‘zining ilk buklama smartfonini shu yilning o‘zidayoq chiqarishini e’lon qilgan.

O‘QING: Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.