EKSKLYuZIV: Samsung Galaxy S10 flagmanini ilk sifatli suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2621
  •  01.12.2018 09:15

EKSKLYuZIV: Samsung Galaxy S10 flagmanini ilk sifatli suratlarda ko‘ramiz!

Mashhur Gizmochina portali Samsung kompaniyasining hali taqdim etilmagan Galaxy S10 smartfonining eksklyuziv rasmlarini e’lon qildi. Juda sifatli olingan suratlar bu devays dizaynini aniq ko‘rsatib bergan.

O‘QING: Ekrani «tirqish»li Galaxy S10 yana ikki jihatiga ko‘ra rekord o‘rnatyapti!

Yangi fotosuratlarga qaraganda, flagmanning qo‘shaloq kamerasi va uning fotochaqnog‘i, yurak chastotasi datchigi hamda barmoq izi skaneri gorizontal tarzda joylashadi.

Samsung Galaxy S10 korpusining chap tomonida qurilmani o‘chirib-yoqish hamda ovozni balandlatish-pasaytirish tugmachalari o‘rin olgan. Pastki qirrasida esa zamonaviy USB Type-C porti bilan birga, quloqchin uchun an’anaviy 3,5 millimetrlik audiotirqish ham qoldirilgan.

O‘QING: «Galaxy S10 dizayni qanaqa o‘zi!?» – mashhur insayderlar talashib qolishdi!

Old panelga keladigan bo‘lsak, ekranda «kemtik» ham, ayrim xabarlarda aytilgan «tirqish» ham yo‘q. Shunchaki yon tomonlari romsiz, tepasi va pastida ensizgina hoshiya qoldirilgan displey.

Samsung kompaniyasi ushbu smartfonini va uning modifikatsiyalarini kelasi yil fevral oyi so‘ngida, MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etadi. Standart Galaxy S10 modelidan tashqari uning Galaxy S10 Lite, Galaxy S10 Plus hamda Galaxy S10 5G versiyalari bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu flagman narxi 1000 AQSh dollari atrofida bo‘lishi aytilgan. Bu kompaniyaning hozirgacha bozorga chiqarilgan turli rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet do‘konimizda 899 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.