EKSKLYuZIV VIDEO: 5G tarmog‘ida ishlayotgan Galaxy S10’ni «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  2752
  •  03.12.2018 07:20

EKSKLYuZIV VIDEO: 5G tarmog‘ida ishlayotgan Galaxy S10’ni «jonli» tomosha qilamiz!

Kuni kecha – 1 dekabr sanasida Janubiy Koreyada beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i dunyoda ilk bor tijoriy foydalanishga tatbiq etildi. Tabiiyki, Samsung shunday voqeani o‘tkazib yubormasligi aniq edi.

O‘QING: Galaxy S10’lardan tashqari, Samsung yana 5G’da ishlovchi olti kamerali yubiley flagmanini ham tayyorlamoqda!

Samsung kompaniyasi 5G tarmog‘ini o‘zining hali rasman taqdim etilmagan smartfoni – Galaxy S10 flagmanida sinab ko‘rdi. Insayderlar ushbu sinov jarayoni aks ettirilgan videolavhani internetga chiqarib yuborishdi.

Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘layotganingizdek, uning old tomoni bu videolavhada uncha yaxshi ko‘rsatilmagan. Ammo sinab ko‘rilayotgan qurilmaning orqa paneli xuddi kuni kecha biz e’lon qilgan suratdagidek.

Samsung Galaxy S10 flagmani va uning modifikatsiyalari kelasi yilning fevralida, MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida rasman taqdim etilishi kutilayotir. Bu kompaniyaning hozirgacha bozorga chiqarilgan turli rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet do‘konimizda 899 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.