Eksklyuziv video: iPhone X va iPhone 8’ni betonga tashlab sinab ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  2034
  •  06.11.2017 10:32

Eksklyuziv video: iPhone X va iPhone 8’ni betonga tashlab sinab ko‘rishdi!

Apple’ning «yubiley ayfoni» hali kuni kechagina savdoga chiqarildi, ammo foydalanuvchilar allaqachon uning mustahkamligini sinab ko‘rishga tushishdi. Masalan, EverythingApplePro nikli YouTube-bloger birinchilar qatorida kupertinolik gigantning yangi flagmanini drop-test qilib ko‘rib, videolavhasini o‘z kanaliga joylagan.

Sinovda taqqoslash uchun u ayni shu ishlab chiqaruvchining yana bir ajoyib smartfoni – iPhone 8 modelini tanlagan. Dastlab bloger beton polga qurilmalarni himoya g‘iloflarini yechmagan holda tashlagan. Tabiiyki, mazkur sinovdan har ikkala ayfon muvaffaqiyatli o‘tgan.

O‘QING: Eksklyuziv video: iPhone’ning barcha 15 ta modelini o‘zaro taqqoslashdi!

Keyin esa har ikkala gadjet betonga g‘ilofsiz holida bir metr balandlikdan tashlangan. «Olmali kompaniya»ning bu ikkala modeli ham mazkur sinovdan «tirik chiqishgan» – ularga hech nima bo‘lmagan. Demak, ayfoningiz bexosdan shimingiz cho‘ntagidan tushib ketsa, bundan xavotir olmasangiz ham bo‘laveradi.

Biroq o‘rtacha odam bo‘yi balandlikdan tashlab ko‘rilganida iPhone 8 endi sinovga dosh bera olmagan. Uning korpusi orqa qopqog‘iga butunlay darz ketgan. Shu balandlikdan qirrasi bilan tushganida esa sakkizinchi avlod ayfon butkul ishdan chiqqan.

O‘QING: iPhone X: Qo‘lingizdan tushib ketsa, o‘zingizni kechirmaysiz!

iPhone X esa hayratlanarli tarzda, o‘zini munosib tutgan: uni odam bo‘yi balandlikdan qirrasi bilan ham, ekranini yerga qaratib ham tashlab ko‘rishganida, darz ketmagan. To‘g‘ri, bu tushishlardan keyin Face ID sensorlari ishlamay qolgan va, tabiiyki, yuzni tanish orqali ekranni blokdan chiqarish imkoni bo‘lmagan.

Mana, quyidagi videoda o‘zingiz tomosha qilishingiz mumkin:

Aytish kerakki, avvalroq iPhone 8 Plus va Pixel 2 XL’ni betonga tashlab ko‘rishganining, iPhone 8 Plus va Galaxy Note 8’ni betonga tashlab sinashganining, shuningdek, Galaxy S8 hamda iPhone 7 modellari betonga tashlab ko‘rilgan sinovning videolavhalarini ham e’lon qilganmiz. Shuningdek, LG V30Nokia 8Galaxy Note 8Nokia 3310 (2017)HTC U Ultra Sapphire Edition va iPhone 7 singari telefonlar ustida tig‘ va olov yordamida o‘tkazilgan tajribalar haqida ham yozganmiz.