EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS’ni ochib ko‘rishdi – hammasidan ham akkumulyatori antiqa ekan!

  •   DiMaX
  •  1616
  •  21.09.2018 09:55

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS’ni ochib ko‘rishdi – hammasidan ham akkumulyatori antiqa ekan!

Bilganingizdek, bu yil taqdim etilgan iPhone XS smartfoni kupertinoliklarning bulturgi yubiley superflagmanidan juda kam farq qiladi. Ularning hatto korpus o‘lchamlarigacha bir xilligi ustidan xitoylik texnogigant kulgani bejiz emas.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Ammo ularning «ichki dunyosi»da ozmi-ko‘pmi farqlari bor ekan – yangi ayfonning ichini ochib ko‘rgan mutaxassislar ushbu jarayonning videosini ulashishgan.

Xususan, iPhone XS’ning eng qiziqarli qismlaridan biri uning batareyasi bo‘lib chiqqan. Uning odatdagidek to‘rtburchak emas, balki «L» shaklida ekanligi – avval uchramagan holat.

To‘g‘ri, iPhone X akkumulyatori ham shunga o‘xshash, faqat u alohida-alohida ikkita batareyadan iborat. Bu yilgi flagmanda esa u «L» shaklida yaxlit akkumulyator ekanligi ahamiyatli.

O‘QING: Eksklyuziv video: iPhone X va iPhone 8’ni betonga tashlab sinab ko‘rishdi!

Darvoqe, iPhone XS’ni ochib ko‘rish videosini bu gal iFixit emas, balki FixjeiPhone resursi taqdim etgan. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, yangi ayfonning qolgan qismlari iPhone X’nikidan ko‘p ham farq qilmaydi. Endi iPhone XS’ning ta’mirga qanchalik yaroqli ekanligini aniqlash uchun iFixit videotavsifini kutamiz.

O‘QING: Ichkaridan nigoh: iPhone 8’ni ochib ko‘rishdi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!